Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2-i -2021 guruh talabasi Hakimov Quvonchbekning
Makroiqtisodiy modellarda tolov balansining ahamiyati
Download 88.5 Kb.
|
To\'lov Balansi
2.Makroiqtisodiy modellarda tolov balansining ahamiyati
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldigi quyidagicha beriladi: X M = Xn = Y-(S+I+G) bu erda: X - eksport; M import, Xn - sof eksport, S + I + G - absorbtsiya Joriy operatsiyalar balansida kamomad bolgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam boladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi. Sof xorijiy aktivlar (CXA) bu milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari ortasidagi farqni bildiradi. Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bolmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan koproq olib keladi. Mamlakatning joriy operatsiyalar boyicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bolsa, unda mamlakatda chet elda kochmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yonaltirilishi mumkin bolgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga keladi. Investitsiyalash va kreditlash bilan bogliq operatsiyalar tolov balansining keyingi bolimida, yani, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi. Mamlakatda malum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bogliq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, qimmatnarx qogozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bogliq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, yani valyuta tushumi kopayadi (+150). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bogliq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar debet korinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati balansining qoldigi bu, uni olib kelish va olib chiqish ortasidagi farqdir (+63). Kapital xarajatlari hisobida aktivlar boyicha barcha xalqaro operatsiyalar korsatiladi. Kapital xarakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar. Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini kopaytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini korsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldigi mamlakatda kapital kopayishini bildirsa, uning salbiy qoldigi mamlakatda kapital kamayishini bildiradi. Avval aytib otilganidek, joriy operatsiyalar boyicha balans va kapital harakati balansi ozaro chambarchas bogliq. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-87) katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar tolov balansi joriy operatsiyalar boyicha musbat qoldiqqa ega bolsa, kapital harakati hisobi balans boyicha manfiy qoldiqqa yol qoyilgan boladi. Shunday qilib, balansning bu ikki bolimi bir-biri bilan tenglashib boradi. Tolov balansi qoldigi= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi Biroq, amalda tolov balansining bu qismida ham kopincha kamomad yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bolib, bu zaxiralar joriy operatsiyalar boyicha balans va kapital harakati boyicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda qollaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi. Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy zaxiralarning osishi (-) esa tolov balansining musbat qoldigi miqdorini korsatadi. Natijada uning barcha uch bolimi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bolgan talab tengligini bildiradi. Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining ozaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy korinishi quyidagicha boladi: Y=C+I+G+Xn; Y -C-G = C+I+G+Xn-(C+G); Sn = I+Xn, bu erda: Sn milliy jamgarish S)+Xn=0 (Markaziy bank aralashmagan sharoitda egiluvchan valyuta kursi rejimida) (I-S) miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamgarmalardan ortiqchaligini korsatadi va kapital harakati hisobi qoldigini bildiradi. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga kora joriy operatsiyalar va kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi: X-M (tashqi balans) = Xn=-(I-S)=S-I (ichki balans) Bu shuni bildiradiki, tolov balansining joriy operatsiyalar boycha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi. Xn< 0 X-M < 0 X< M ; I-S >0 I >S xorijdan kapital kiritilishi. Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg’armalardan ko’p bo’lsa (I > S), ortiqcha investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan koproq import qilinishini taminlaydi (M>X). Yani, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega boladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bolib qatnashadi. Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bolganda, ortiqcha mablaglardan xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan kochmas mulk sotib olishda foydalaniladi. X n>0 X-M>0 X>M; I-S<0 I Tolov balansini tuzish tamoyillariga kora u doimo balanslashgan boladi. Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina tolov balansining alohida qismlariga taluqli. Shu bilan birga tolov balansi qoldigining milliy iqtisodiyotga tasiri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib tolov balansining musbat qoldigi ham, manfiy qoldigi ham ijobiy yoki salbiy deb baholanishi mumkin. Tolov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldigi, joriy operatsiyalar balansi qoldigi, kapital harakati va moliya balansi qoldigi hamda rasmiy hisob kitoblar balansi qoldigi alohida tahlil etiladi. Savdo balansi qoldigi ozgarishiga baho berishda bu ozgarishlar qaysi omillar tasirida roy berganligi etiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq eksportning qisqarishi hisobiga roy bergan bolsa, bu holat milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi mumkin. Lekin bu holat mamlakatga togridan-togri investitsiyalar oqimi kopayishi hisobiga importning osishi natijasida roy bergan bolsa, milliy iqtisodiyotning zaiflashishidan dalolat deb qaralmaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansi, odatda, tolov balansining malumot beruvchi qoldigi deb qaraladi. Chunki bu qoldiq bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansining musbat qoldigi mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha, manfiy qoldigi ( yani joriy operatsiyalar hisobi balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun tolovlarni amalga oshirishga va transfert tolovlarini moliyalashtirishga majbur bolgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy tolov balansining musbat qoldigiga ega mamlakat milliy jamgarmalarning bir qismini kapitalni ichki jamgarishga yonaltirish orniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi. Kapital harakati va moliya balansi qoldigi joriy operatsiyalar balansi holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini korsatadi. Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chetda qoldirishlar» moddasiga togri keladi. Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldigi tolov balansi umumiy (yakuniy) qoldigining kengroq tarqalgan nomlanishi bolib norezidentlarning mamlakatga nisbatan likvidli talablarning kopayishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi mamlakat rasmiy zahiralarning kopayishidan ( kamayishidan) dalolat beradi. Bu qoldiq «Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha moddalarni qamrab oladi. Qayd qiligngan valyuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zahiralarining kamayganligini) anglatgani holda valyuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi. Suzib yuruvchi valyuta kursining kiritilishi bilan umumiy tolov balansi tushunchasini yoqqa chiqardi, rasmiy zahiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy hisob kitoblar qoldigining oqibati, balki tolov balansining boshqa bolimlarida hisobga olingan oqimlaridagi ozgarishlarning sababchisi ham bolib qoldi. 0> Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling