Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
Talabalar matematika fanini o’rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim:
matritsalar ustida amallarni hisoblay olishi, determinantning qiymatini uning ta’rifi va xossalariga ko’ra (jumladan Laplas teoremasidan foydalanib) hisoblashlari, matrisa rangi va teskari matritsalarni turli usullar bilan topa olishi;
chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini tadqiq etishi va ularni turli usullar bilan yechimlarini topishi;
chiziqli va evklid fazolarning ta’rifini aniq bilishi, vektorlarning chiziqli bog’liqligi va chiziqli erkliligini, vektorlar sistemasining rangini, fazoning bazisi va o’lchovini, fazo ostilarni bilishi;
to’g’ri chiziq va tekislikning turli tenglamalarini bilishi, ular orasidagi burchaklarni hisoblay olishi, ularning parallellik va perpendikulyarlik shartlarini bilishi, nuqtadan to’g’ri chiziq va tekislikkacha masofani hisoblay olishi;
ikkinchi tartibli egri chiziqlarni, ularning tenglamalari bo’yicha tahlil etishi va tasniflashi;
differensiallash va integrallash formulalarini chalkashtirmasdan to’g’ri ishlata bilishi;
elementar hisoblashda yaxshi tajribaga ega bo’lishni, qiyinchiliksiz berilgan funksiya uchun Teylor formulasini yozishi;
integrallarni hisoblashda, qatorni yaqinlashishga tekshirishda zarur usullarni osonlikcha topa bilishi;
differensial va integral hisobning tatbiqlarini bilishi;
eng sodda differensial tenglamalarni yecha bilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |