Denov tadbirkorlik va


V. Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi


Download 0.55 Mb.
bet13/15
Sana20.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1629450
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Denov tadbirkorlik va

V. Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi

  • Kengash bayonnomasi yoziladigan daftarning kirish qismida kengash o'tkaziladigan sana, bayonnoma tartib raqami, qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi, sharifi yoziladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha olmaslik sabablari ko'rsatilgan holda familiyalari tartib bo'yicha yozib chiqiladi.

  • Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, kengash a’zolari kiritgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga "Turli masalalar" yoki "Boshqa masalalar"ning kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.

  • Bayonnomalarda yo'l qo'yilgan xatoliklar izohlanadi va kengash raisining imzosi bilan tasdiqlanadi. Bayonnomalar aniq, ozoda, ravon husnixat bilan yoziladi, daftarning har bir sahifasi raqamlanadi, tikiladi.

  • Bayonnomalar daftari maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun muassis tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.

  • Kengash bayonnomasi Pedagogika kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.

  • Pedagogika kengashi bayonnomasi har o‘quv yili boshida yangidan raqamlanadi.


  1. Pedagogika kengashi hujjatlari

  • Pedagogika kengashi hujjatlari ta'lim muassasasining ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi.

Pedagogika kengashi hujjatlari quyidagilardan iborat:
bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qilingan masalalarga oid materiallar.
Pedagogika kengashi hujjatlari muassasada uch yil davomida saqlanadi.
Ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish
Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o'rganish, barcha ilg'or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim muassasasi metodik ishining asosi bo'lishi kerak.
Tajribani o'rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o'rganishning asosiy yo'llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti- harakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Metodistning kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling