Denov tadbirkorlik va


z) mudiraning huquq va vazifalari


Download 0.55 Mb.
bet9/15
Sana20.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1629450
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Denov tadbirkorlik va

z) mudiraning huquq va vazifalari.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda muassis tomonidan tayinlanadigan shaxs boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, vakolatlar doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limga qo'yiladigan davlat talablari va o'qitish dasturlarining nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan bajarilishini nazorat qilishni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi amalga oshiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiya- dan o'tkazish, ularning faoliyatini to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat lozimnomasi (lozimnomajda belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
bolalarni yuqori professional darajada o'qitish va tarbiyalash;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofq belgilanadi. Muassasa rahbari rag'batlantirish tusidagi usta- malar, qo'shimcha haq hamda boshqa to'lovlar turi va miqdorla- rini ish haqiga yo'naltiriladigan mavjud mablag'lar doirasida belgilaydi.

B./B./B./ texnologiyasi

Mavzu savollari

Bilaman

Bildim

Bilishni
xohlayman

1. Mudiraga qo'yiladigan talablar










2. Tashkiliy pedagogik jarayon










3. Ma'muriy-xo'jalik ishlari










4. Ta’lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik










5. Nazorat qilish usullari










6. Ota - onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari














MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI METODISTI, UNING


HUQUQI, VAZIFALARIVA UNGA QO'YILGAN TALABLAR

’'Ta'lim to‘g‘risida"gi qonunning «Ta'lim tizimini boshqarish» nornli 4 bo'limi, 25 moddasida shunlay deyiladi: Ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish Davlat boshqaruv organlarigarahbarlikqilishta'limnirivojlantiruvchidasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish har bir rahbarning bosh vazifalaridan biridir. Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomda ham maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarish va kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning huquq doirasi kafolatlari belgilab berilgan. Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida har bir maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan ustaviga binoan metodistning ish jarayonida huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, ya'ni u metodik jihatdan kuchli ma'naviy, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, metodist quyidagilarni bilishi lozim:

  • maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'Iim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

  • «Ilk qadam» dasturining bajarilishini ta'minlaydi va kontrol qiladi, ta’Iim-tarbiyaviy ishning to’g'ri uyushtirilishi uchun javobgar;

  • ilg’or pedagogik tajribani o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, Pedagogik kengashda ko'rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;

  • maktabgacha ta’lim muassasasidagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarningyoshlariga muvofiq pedagogik qo'llanmalar va o'yinchoqlarni tanlaydi;

  • ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni targ'ibot qilish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishida uzviylikni ta’minlash bo'yicha ishni uyushtiradi.

O'z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun metodist qanday rahbarlik sifatlariga ega bo'lishi lozim.
Metodist faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmasiga ham ega bo'lishi zarur.
Tajribali metodistning tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g'oyalarmi umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
Metodist talablarni qo'yishda talabchan va qat’iy bo'lishi kerak. Rahbarning o'ziga bo'ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo'llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko'ra zarari ko'proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi metodistining ta’lim- tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi lining obro'si ko'p jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga, eng avvalo, butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va o'zaro tushunishning mavjudligiga bog'liq bo'ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash; jamoada jamoa fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash kabi ijtimoiy-psixologik masalalarni hal qilish metodist uchun birtnuncha murakkablik qiladi.
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslahatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obro'liroq tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo'lmaydi, Mana shuning uchun ham yosh pedagog ishining ilg'or metodlari va usullarini egallashga, o'z bilimlarini doimo to'ldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya turlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yo'llash metodistning vazifasi hisoblanadi.
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI METODIST
LAVOZIMINING MALAKA TAVSIFLARI

Lavozim vazifalari:

  1. maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasi o'quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;

  2. barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturlarining bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish;

v} tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo'naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko'rsatish:
g) maktabgacha ta'lim muassasasida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha yo'riqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;
djilg'or tajribalarni o'rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o'tkazish;
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengash muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadli ishtirokini ta'minlash;
j) maktabgacha ta'lim muassasasida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish:
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti bo'yicha hamda maktabgacha ta’lim muassasasida turli yosh guruhlar bo'yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash;
Q ta'lim muassasasi faoliyatiga qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika vayong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bola­lar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling