Denov tadbirkorlikva pedagogika instituti


Download 156.5 Kb.
bet7/8
Sana23.04.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1385833
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zarafshon muhayyo

Samarqand shahri VIII asrning ikkinchi yarmidanoq va ayniqsa, IX asrdan shahar vayronalardan qayta tiklandi. Movorounnahrning islomni qabul qilgan aholisining huquqlari arab a’yonlari bilan teglashtirilganligi, ularning xalifalik davlati siyosiy va iqtisodiy hayotiga jadal qo’shilishiga olib keldi. Bundan So’g’d va birinchi navbatda Samarqand savdogarlari ancha unumli foydalandilar. Poytaxtda va xalifalikning boshqa yirik markazlarida So’g’d savdogarlarining karvonlari uchun saroylar, turar joy dahalari qad ko’tardi. So’g’d savdogarlari Xitoydan tortib Yaqin Sharqqacha ham quruqlikda, ham dengiz orqali o’tgan savdo yo’llarini nazoratga oldi. Ayni o’sha vaqtda Samarqandning jadallik bilan qayta tiklanishi davom etdi. Shahar ma’lum muddat xalifalikning Movorounnahrga tayinlangan noiblarining qarorgohi ham bo’lib, bu yerda ular o’z tangalarini zarb qildirdi. O’zining mahorati va tayyorlangan mahsulotlarining xilma xilligi bilan ajralib turadigan Samarqand hunarmandlarining turar joylari qad ko’taradi. IX-X asrlarda bu yerda turli qurol-yarog’ va aslahalar, oltin va kumush belbog’lar, ot egar jabdug’lari, uzangi, yugan, suvliqlari, noyob metalldan ishlangan xilma xil zargarlik buyumlari, katta qozonlaru chiroyli jomlar, zeb ziynatlar ko’plab tayyorlanardi. Samarqand sopoli nihoyatda chiroyli edi. Rangli shishadan nafis idishlar tayyorlangan, kufa yozuvi bilan rang barang bezaklar, murakkab gulli va geometrik shakllar tushirib ishlangan mashhur sirli sopol idishlar hozirda ham tayyorlanadi. Rango rang gazmollar shoyilar, zarbof parcha va junli mato, chiroyli to’q qizil baxmal, taqinchoqlar, naqshinkor toshlar, muhrlar va boshqa ko’pgina mollar xalifalik bozorlarida So’g’dlar savdogarlarga shuhrat keltirdi. Samarqand qog’ozi alohida o’rin tutardi, u Sharq va G’arbning hamma mamlakatlarida mashhur edi. Samarqandning yuqori sifat va qiymatga ega kumush dirhamlari Italiya, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Goland yerlari va Kiev Rusi knyazligining o’rta asr shaharlaridan topilgan xazinalar orasida uchraydi. Samarqandga dunyoning turli chekkalaridan savdogarlar mol ayriboshlash uchun kelishgan. Bu esa davlatga katta daromad keltirgan. Samarqand savdogarlari Misrdan tortib Xitoy va Hindistongacha mashhur bo’lishgan11.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, o’tmishda O’rta Osiyoda kitob nashr qilinmagan, fanning qaysi sohasiga oid bo’lmasin, hamma asarlar qo’lyozma nusxalar ko’chirish yo’li bilan amalga oshirilgan. Bu nozik, mashaqqatli hamda hayrli ish ilmli, tajribali, iste’dodli, qo’li gul hattotlar tomonidan asrlar davomida bajarib kelingan. Fanning turli sohalari bo’yicha yozilgan bu qo’lyozma kitoblar O’rta Osiyoning yirik shaharlariga, shuningdek, qo’shni davlatlariga chiqarilib, kitob bozorlarida sotilgan. Bunday kitob bozorlari Samarqand, Qo’qon, Xiva, Toshkent, Termiz, Shahrisabz va Namangan shaharlarida faoliyat yuritgan.
Bunyodkorlik Amir Temur davrida davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Amir Temur faqat o’z davlatidagina emas balki boshqa yurtlarda ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Uning davrida shaharsozlik madaniyati yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lib, bizgacha yetib kelgan imoratlar ular haqida guvohlik beradi. Manbalarda Amir Temur nafaqat ko’chmas imoratlar, balki ko’chma shahar va imoratlar qurganligi ma’lum.
U Samarqanddagi Konigil maydonida yigirma ming chodirlardan iborat bo’lgan haqiqiy ko’chma shahar qurdirgan. Bu haqda ispan elchisi Klavixo o’zining kundaliklarida ma’lumot bergan. “Chodirlardan iborat bu shaharchaning ichki dizayni ham shohona va san’atkorona tuzilgan edi. Chodirlarni qurishda turli dizayn va uslublardan qo’llanilgan. Xususan, birining sirti olmaxon mo’ynasi bilan qoplangan bo’lsa, ichkarisi oq mo’yna bilan bezatilgan. Boshqa chodir esa suvsar mo’ynasi bilan qoplangan bo’lib, chodir ichkarisidagi oynadan tashqarini ko’ra olishlari, tashqaridan esa ichkari ko’rinmasligi, maxsus moslamalar bilan qurilgan eshiklar chodir ichiga yoqimli yelvizak berib turishi, chodir tashqarisiga chiqmay maxsus yo’laklar orqali boshqa chodirlarga o’tish mumkinligi aytilgan. Ushbu shaharning devorlari, ko’chalari, bozorlari, maxsus xonalari, do’konlari, yemakxonalari va boshqa inshootlari ham mavjud bo’lib, u haqiqiy shahar ko’rinishiga ega bo’lgan”12.
Dastavval saltanat poytaxti qilib belgilangan Samarqandni dunyoning eng obod shahriga aylantirildi, ulug’vorligini ko’rsatish uchun uning atrofida Damashq, Bag’dod, Misr, Sheroz va Sultoniya kabi dunyoning mashhur shaharlari nomlari bilan atalgan, bog’-rog’larga boy qishloqlar barpo qildirdi. Mamlakatda yo’llar kengaytirildi, ko’priklar qurildi, rabotlar tiklandi, bozorlar va binolar qad ko’tardi, xiyobonlar barpo etildi. Ushbu bog’lar haqida ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o’z kundaliklarida ma’lumot bergan. Ularning orasida Gulbog’, Bog’i Dilkusho, Bog’i Chinor, Bog’i Nav, Bog’i Maydon va boshqa bog’lar nomi bor. Samarqandda Ko’ksaroy, Amir Temur Jome’ masjidi, Bibixonim Jome’ masjidi, Bibixonim madrasasi, Qusam ibn Abbos me’moriy majmui, Amir Temur maqbarasi qurdirdi13.
Samarqand shahar arki, Amir Temur farmoniga binoan, shaharning ilgari Chingizxon vayron qilgan mudofaa devorini qayta tiklash bilan bir vaqtda, 1371–1372 yillarda bunyod etilgan. Ark devorining balandligi 8 metr, pastdan 3 metrdan ortiqroq qilib tiklangan. Arkning darvozasiga tutashadigan joyiga va qisman tashqi old tomoniga pishishiq g’isht mustahkam qilib terilgan. Ark ichidagi ma’muriy va turarjoy binolari aniq reja asosida ixcham va chiroyli qilib qurilgan. Arkda hukumat idoralari, masjid va madrasalar, shohona uy-joylar, 15 ming jildli noyob kitoblarni o’zida jamlagan ulkan kutubxona, Amir Temurning xazinasi va taxti, zarbxona, qurolsozlik ustaxonalari, hammom, hovuz, zindon va boshqa binolar joylashgan edi.
Shuningdek, bu yerda madaniy maishiy binolar, suv inshootlari barpo etilgan. Yashil zona, gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar, hunarmandchilik ustaxonalari, do’konlari va savdo rastalari tartib bilan reja asosida joylashtirilgan. Arkda bunyod etilgan har bir bino, inshoot o’z davrining iste’dodli ustalari, me’morlari tomonidan qurilgan. Arkdagi binolarning poydevori marmardan, eshiklari qattiq qayrag’ochdan, eshikning halqalari 7 xil ma’dan qotishmasidan tayyorlangan. Qal’a darvozasining har birida 2 tadan qurollangan soqchilar turgan. Arkning 4 tomonida darvozalar bo’lgan. Amir Temur qurdirgan bu Ark shunchaki istehkom emas balki, poytaxtning mustahkamlangan ma’muriy markazi ham bo’lgan. Arkning ichida davlatning asosiy qarorgohi bo’lgan Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy ham bo’lgan. Ko’ksaroy tuzilishi jihatidan 4 qavatli bo’lib, go’zal naqshlari betakror bo’lgan.
Ushbu saroyning bezaklarida ko’k zangori rangdagi sirkor koshinlar ko’p ishlatilganligi sababli Ko’ksaroy deb yuritilgan. Temur va undan keyingi davrda ham ushbu maskan muhim tadbirlar o’tkaziladigan joy vazifasini bajargan. Jumladan, xonni taxtdan olish va uni o’tqazish marosimlari, elchilar, shahzodalar, oliy maqomdagi mehmonlarni qabul qilish. Ko’ksaroy ichida katta baland supa joylashgan bo’lib, u ko’ktoshdan qilingan.
Ark ichidagi binolardan biri Bo’stonsaroy bo’lib, ushbu joyda asosan, shoh va vazirlar, ularning oila a’zolari hamda hukmdorlarning yaqin kishilari yashagan. Shuningdek, bu yerda ham turli tadbirlar o’tkazilgan. Amir Temur davrida Samarqandda bunyod etilgan kutubxona yer yuzidagi eng yaxshi kutubxonalardan biri sanalgan. Tepaqo’rg’on qal’asida joylashgan Ko’ksaroydagi kutubxonasi boy kutubxonalardan biri bo’lgan. 1448 yilda Samarqandga ko’chmanchi qabilalar hujum qilgan vaqtda ushbu inshoot qattiq shikastlangan edi14.
Bibixonim majmuasi Amir Temurning Samarqanddagi eng yirik inshootlardan biridir. Majmua jome’ masjidi va madrasasidan iborat bo’lib, ular qo’sh (muqobil) shaklida tashkil etilgan. Jome’ masjidi o’zining ulug’vorligi, nihoyatda serbezakligi bilan davr me’morchiligining yorqin namunasidir. U yirik o’lchamlarda barpo etilib, hovlili, to’rt ayvonli kompozitsiyaga ega

XULOSA
Narshaxiy Buxoro va quyi Zarafshon vohasida joylashgan shahar va qishloqlarning geografik holati, aholisining VII-X asrlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy asar muallifidir. Asar «Tarixi Buxoro» (Buxoro tarixi), «Tarixi Narshaxiy» (Narshaxiy tarixi), «Tahqiq ul-viloyat» (Buxoro) viloyatini tahqiq etish) nomlari bilan mashhur bo’lib, 944 yilda yozib tamomlangan.
Nizomulmulk davlatini idora qilish masalalariga bag’ishlangan «Siyosatnoma» (boshqa nomi «Siyar al muluk» - Podsholarning turmushi) nomli asari bilan nom qoldirgan. Asar 1092 yilda yozib tamomlangan.
«Siyosatnoma» 51 bobdan iborat bo’lib, unda markaziy davlat apparatining tuzilishi va uning moliyaviy hisob-kitob ishlari, qo’shinning tuzilishi, yuqori davlat mansablari va ularga tayinlash tartibi, qabul marosimlari va ularni tayyorlash hamda o’tkazish tartibi, mansabdor faoliyati ustidan nazorat qilish kabi umumdavlat masalalari o’rtaga qo’yilgan.
O’rta Osiyo tarixi haqida ham muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni, Turkiston xonlari (Qoraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, Somoniylar xizmatida bo’lgan amirlarning unvonlari, Xorazmshoh Oltintoj (1017-1032 yy.) bilan Sulton Mahmud Faznaviyning vaziri Ahmad ibn Xasan o’rtasidagi yozishmalar shular jumlasidandir. Agarda bundan tashqari karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo’zg’oloni haqida ham ayrim diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. Alovuddin Otamalik Juvayning Mo’g’uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi «tarixi jahonkushoy» nomli shoh asari bilan shuhrat topdi. Asar 1260 yilda yozib tamomlangan.15
«Tarixi jahonkushoy» 3 qismdan iborat: 1) Mug’ullar, ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246-1249 yy.) davrigacha, shuningdek, Jo’jixon, Chig’atoyxon va avlodlarning tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mug’ul hukmdorlari davridagi tarixi; 3) Eronning 1556-1558 yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, islomiylarning diniy harbiy uyushmasi va islomiylar davlati tarixi, islomiylar tarixi Maymanduzdagi kutubxonadan topilgan asarlar, xususan islomiylarning ko’zga ko’ringan namoyondalaridan Xasan Sabbohning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi «Sogirguzashti saydno» nomli kitob asosida yozilgan. Rashkduddam eronlik mashhur ensiklopedist olim: tarixchi filolog, vrach va yirik davlat arbobi. To’liq ismi: Rashiduddin Fazlulloh ibn Imoduddavla Abulhayr al Hamadoniy. Olimning bizning zamonimizgacha to’la tarzda yetib kelgan birdan-bir asari ana shu «Jome’ ut-tavorix» bo’lib, u o’rta asr tarixshunosligining o’ziga xos original asari hisoblanadi. «Jome’ ut-tavorix» o’rta asr sharq tarixchiligida yangi an’anani boshlab bergan asar. Ma’lumki, Rashiduddindan avval o’tgan, shuningdek, undan keyingi davrlarda yashab ijod etgan tarixchilarning ko’pchiligi umumiy tarix deganda faqat musulmon mamlakatlarining tarixini tushunlar. Rashiduddin esa, ulardan farqli o’laroq umumiy tarix deganda sharq mamlakatlari bilan bir qatorda g’arb mamlakatlari, Xitoy hamda Hindiston tarixini jahon tarixining faqat bir qismi, deb hisobladi.


Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling