Department of finance


Download 216.51 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi216.51 Kb.
#1737984
Bog'liq
Moliya asoslari 3-mavzu

Moliya kafedrasi

Fan:Moliya asoslari

O’qituvchi: Humoyun Haydarov


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Toshkent-2023

3-Mavzu: Moliya bozorlari va foiz stavkalari


1.Moliya bozorlarining turlari va ularning ahamiyati
2.Moliya bozori bilan bog’liq foiz stavkalari va ular bilan bog’liq nazariyalar
3.Foiz stavkalarini tartibga solishda Markaziy bank funksiylari
4.Foiz stavkalarini aniqlash asoslari
Moliya bozori
Moliya bozori - bu moliya-kredit sohasining tarkibiy qismi bo‘lib, real bazisiga ekvivalent moliyaviy instrumentlar (kreditlar, lizing, depozitlar, valyuta, qimmatli qog'ozlar, sug'urta va pensiya polislari, derivativlar va boshqa turdagi moliyaviy mahsulotlar) bilan bog'liq tashkillashgan iqtisodiy huquqiy-informatsion mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlami iqtisodiyot sub’yektlari tomonidan maqsadli amalga oshirilishi uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo'luvchi tizim
Moliya bozori
Moliya bozori – moliyaviy instrumentlardan foydanlanish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozordir
Moliya bozorining rolini chuqurroq anglash uchun uning funksiyalarini bilish talab etiladi. 1997 yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati Robert Merton moliya bozorining quyidagi funksiyalarini ajratib koʻrsatadi:
Kapital vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash
Kapital jamlash va ularga ulush kiritish
To’lov-hisob-kitob
Risklarni boshqarish
Axborot
Kapital jalb qiluvchilar (qarz oluvchilar)
Investorlar
Vositachilar
Kapital jalb qiladilar
Kapital joylashtiradi
Moliyaviy xizmatlar taklif qiladi
Moliya bozori ishtirokchilari
    • Tijorat banklari
    • Maxsus jamg’arma fondlari

Depozit tipidagi vositachilar

Investitsiya tipidagi vositachilar
    • Sug’urta kompaniyalari
    • Xususiy pensiya fondlari

Shartnoma jamg’arma tipidagi vositachilar
Moliya bozorida vositachilar tiplari
Moliya bozori
1. Kredit bozori
3.Qimmatli qog’ozlar bozori
4. Qimmatbaho metallar bozori
2.Pul-kredit bozori
5. Sug’urta va xususiy pensiya bozori
1. Samarali bozor gipotezasi
4.Fisher effekti
7.Daromad egri chizig’iz nazariyasi
5.Qarz oluvchi fondler nazariyasi
2. Kutishlar nazariyasi
3.Likvidlik imtiyozlari nazariyasi
6.Bozor segmentatsiyasi nazariyasi
Foiz stavkalari va moliyaviy bozorlarga oid nazariyalar:

.


Markaziy bank asosiy stavkasi – inflyatsion targetlash rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti bo‘lib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiradigan pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha mo‘ljal foiz stavkasi hisoblanadi. Ushbu stavkani o‘zgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi
Markaziy bankning tijorat banklari bilan likvidlikni taqdim etish va jalb etish bo‘yicha asosiy operatsiyalari (muddati 2 haftagacha bo‘lgan depozit, RЕPO va SVOP auksionlari) asosiy stavka doirasida amalga oshiriladi va banklararo pul bozoridagi operatsiyalarga ta’siri orqali bank xizmatlari (depozitlar va kreditlar) bo‘yicha foiz stavkalarining belgilanishida muhim omillardan hisoblanadi.

Oddiy foiz stavkasi eng avvalo qisqa muddatli kreditlar uchun qo’llaniladi. Bunda har chorakda yoki boshqa muddat uchun bir marta shartnomaga binoan kreditorga foiz to’lanadi. Bu usulda qarzdorning to’laydigan umumiy to’lov summasi kuyidagicha aniqlanadi:

  • Oddiy foiz stavkasi eng avvalo qisqa muddatli kreditlar uchun qo’llaniladi. Bunda har chorakda yoki boshqa muddat uchun bir marta shartnomaga binoan kreditorga foiz to’lanadi. Bu usulda qarzdorning to’laydigan umumiy to’lov summasi kuyidagicha aniqlanadi:
  • S = R(1 + ni)
  • Bu yerda:
  • S – boshlang’ich qarzni hisobga olgan holda kredit uchun to’lanadigan to’lov summasi;
  • R – boshlang’ich qarz;
  • i – foiz stavkasi;
  • n – ssudaning davomiyligi (yil yoki ssudadan foydalanish kunlarining qo’llaniladigan bazaga nisbati: 360 yoki 365 kun).

Masalan, mijoz 2000 $ hajmida foiz stavkasi 12 % dan, kredit olgan va uni bosqichma bosqich har chorakda bir marta 500 $ dan to’lash to’g’risida shartnomada kelishilgan bo’lsin. Har bir chorakda foiz to’lovi quyidagicha bo’ladi: I chorak = foiz to’lovi = 2000 * 0,12 * 0,25 = 60 $ II chorak = foiz to’lovi = 1500 * 0,12 * 0,25 = 45 $ III chorak = foiz to’lovi = 1000 * 0,12 * 0,25 = 30 $ IV chorak = foiz to’lovi = 500 * 0,12 * 0,25 = 15 $ Jami 1 yillik foiz to’lovi 150 $ ni tashkil qiladi. Har chorakda to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlar: I chorak = 500 + 60 = 560 $ II chorak = 500 + 45 = 545 $ III chorak = 500 + 30 = 530 $ IV chorak = 500+ 15 = 515 $


Murakkab foiz stavkasi
P-asosiy qoldiq
r-foiz stavkasi
n-vaqt oralig’idagi foizlar soni
t-vaqt davrlar soni
1-masala: Dastlabki investitsiya 1000$, yillik murakkab 5% stavka bo’lsa 7 yildan so’ng siz qancha daromad olasiz?
2-masala: Dastlabki investitsiya 2000$, oylik murakkab 12% Stavka bo’lsa, siz 5 yildan so’ng qancha mablag’ ishlab topasiz?
Download 216.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling