Inqirozli hlatdagi mijozlar bilan ish olib borishda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.
Mijozga baho bermasdan va yaxshi munosabatda bo’lish. Bu mijozni tinglay olish, zaruriy psixologik yordam ko’rsatish, muammoni tanqidsiz tahlil qilish, noo’rin savollar bermaslik va emotsiyalarini boshqarish ko’nikmasidir.
Mijozning me’yorlari va qadriyatlariga yo’nalish. Psixolog ish jarayonida ijtimoiy qabul qilingan me’yorlar va qoidalarga emas, balki mijoz amal qiladigan hayotiy tamoyillari va ideallariga mo’ljal olish kerak.
Mijozga maslahat berish tavsiya etilmaydi. Psixolog maslahat berar ekan, sodir bo’layotganlar uchun javobgarlikni to’liq o’z bo’yniga oladi, bu esa mijoz shaxsining rivojlanishiga xalaqit beradi. Psixologning vazifasi shundan iboratki, maslaxat jarayonida shikoyat lokusi boshqalardan mijozning o’ziga o’tkazilishi kerak. Ana shundan so’ng mijoz sodir bo’layotganlar uchun javobgarlikni his etishi, o’zini va vaziyatni o’zgartirishga harakat qiladi.
Axborotning yashirinligi va maxfiyligi kafolati. Psixologga ma’lum qilingan xar qanday ma’lumot mijozning roziligisiz hech qanaqa ijtimoiy yoki davlat tashkilotlari, qarindoshlari va do’stlariga berilmaydi.
Inqiroz xolatidagi kechinmalarningtarkibini bilgan va hisobga olgan holda inqirozli vaziyatlarni hal etish shartlarini ajratish mumkin. Ushbu shartlarga quyidagilar kiradi:
motsional zo’riqishni pasaytirishga o’rgatish;
bir qator alternativlardan tanlash yo’li orqali ehtiyojlarni qondirish;
motivlarni qayta aniqlash ( E.M. Solomatina).
Do'stlaringiz bilan baham: |