Bolalar varianti (6–12 yosh). Depressiya past darajada ifodalangan. Zerikish unchalik kuzatilmaydi. Bolalar sustkash, charchoqdan arz qiladilar, ta’sirchan, qaysar bo’lib qoladilar. O’yinlarda “ko’mish” marosimi yaqqol ko’rinadi (o’yinchoqlar va uy hayvonlarini ko’mish; rasmlarda mozor, tobutlarni ifodalanishi, o’zining ko’milishi bilan bog’liq fantaziyalar). Suitsidal harakatlar ko’pincha o’lim bilan tugaydi. Sababi – endogen kasalliklar. Arzimagan nizo xam suitsidal harakatlarni keltirib chiqaradi.
Deviant varianti – (10-12-14 yosh) ilgari xos bo’lmagan buzilishlar kuzatiladi; zerikish, chekish, ichish, daydilik, intizomsizliklar, kayfiyatsizlik kabilar – isyon va namoyishkoronalik deb tushiniladi.
Ipoxondrik varianti (12-14-16 yosh). Somatik arzlar ko’payadi. Affektlari – xavotir, zerikish, ta’sirchanlik, yolg’izlik, tashlandiqlik hissi, tanadagi yoqimsiz hislar davosi yo’q kasaldek ko’rinadi. Kasallik bahonasida darslardan qoladi. Kattalar bilan muloqoti qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |