Depressiya va suitsid


SUITSIDAL HULQ-ATVORNING SABAB VA MOTIVLARI


Download 1.05 Mb.
bet5/28
Sana05.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#208055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
DEPRESSIYA VA SUITSID HOLATLAR TAVSIFI

SUITSIDAL HULQ-ATVORNING SABAB VA MOTIVLARI
O’z joniga qasd qilish sabablari ko’p hollarda quyidagi sabablar orqali ro’y berishi kuzatiladi:

1. O’z joniga qasd qilish ko’p hollarda (ayniqsa xotin qizlarda) oilaviy janjallar xususan, er-xotin, qaynona-qaynotalar, erning qavm-qarindoshlari yoki o’zining boshqa birovlar bilan janjallashib qolishi tufayli yuzaga keladi.

2. Ayrim hollarda o’z joniga qasd qilish ishxonadagi ixtiloflar, boshqa birovning shaxsga tegadigan darajada haqorat qilishi ham sabab bo’lishi mumkin.

3. O’z joniga qasd qilish sabablari orasida ruhiy kasallik ham uchraydi.

4. Shaxsdagi surunkalik aktsentuatsiya ya’ni, asabiy xarakterli, xulq-atvorida salbiylik alomatlari yuqori bo’lish holatlari ham suitsid sababi bo’lishi mumkin.

5. O’z joniga qasd qilish ba’zan kishi (kasallik, qarilik) o’z og’irligini yaqinlariga solishni istamasligi tufayli ham sodir etilishi mumkin.

6. Yosh tangligi (yosh davri krizislari) ham sabab bo’ladi.Bunday holatda shaxs ijtimoiy muhitga, o’zgarishlarga, muammolarni engib o’tishga moslasha olmaydi.Natijada o’z joniga qasd qilish yo’lini tanlaydi.

7. Oilada er-xotin, ota-ona va farzandlar o’rtasida iliq munosabatlarning yo’qligi ham suitsidga sabab bo’lishi mumkin.

8. Oilalarda kimnidir (o’smir, o’g’il, qiz, kelin va boshqalar) o’ta kamsitilishi ham suitsidga sabab bo’ladi.

9. Iqlim, ekologiya, bahor va yoz oylari suitsid uchun qulay davr deb topilgan.

10. Ba’zan oiladagi janjalli vaziyatlarni hoktmiyat va mahalliy tashkilotlar vaqtida hal qilib bermaganligi holati ham suitsidga sabab bo’lishi mumkin.

11. Kelinlarning yangi oilaga, uning tartib-qoidalariga ko’nikib keta olamsligi ham suitsidga sabab bo’lishi mumkin.

12. Turmush tarzi og’ir bo’lgan sharoitda inson uchun hayotning qadr-qimmati yo’qolgan sharoitlarda ham suitsidga qo’l o’riladi.

13. Moddiy-maishiy jihatdan kam ta’minlanganlik ham ba’zan suitsidga sabab bo’lishi mumkin.



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling