Depressiya va suitsid


INQIROZLI VAZIYATLARDA SHAXSGA PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISHNING O’ZIGA XOSLIGI


Download 1.05 Mb.
bet25/28
Sana05.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#208055
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
DEPRESSIYA VA SUITSID HOLATLAR TAVSIFI

INQIROZLI VAZIYATLARDA SHAXSGA PSIXOLOGIK YORDAM KO’RSATISHNING O’ZIGA XOSLIGI
Bizga yaxshi ma’lumki, inqirozli holat odamning hayoti va faoliyatining me’yoridan buzilishidir. Uning oqibatida noadekvat ijtimoiy xulq – atvor, xatti – harakatlar, shuningdek asab – psixik va somatik holatning buzilishi kelib chiqadi. Shaxs inqirozli holatdan odatiy hayot tarziga qaytish uchun ko’p kuch talab qilinadi chunki, odam inqirozga nisbatan munosabatini o’zining xulq – atvorini o’zgachaligi bilan adashtirishi mumkin.

Hayotning bunday davrida odamning fikrlari va his – tuyg’ulari og’riqli va tushunarsiz bo’lishi mumkin (o’zi va yaqinlari uchun). Noturg’unlik holatida esa adekvat, ongli xulq – atvor va to’g’ri baho berish qobiliyati buziladi. Keyinchalik inqirozli vaziyatdan chiqish uchun odam o’z xulq – atvorini to’g’ri deb qabul qilishi mumkin. Agar shaxsga uning bunday munosabati – bu inqirozli o’zgarishlar oqibati ekanligi tushuntirilsa, shunda shaxs bunday holat sababi va dinamikasini tushungan holda, qayta tiklanish jarayonida faol ishtirok etadi.

Shartsiz ravishda, har bir odamning inqirozdan so’ng shaxsiy tiklanish yo’li bor. Shuning uchun ham individual kechinmalarni tushinish va qadrlash kerak, ulardan qutilishga sharoit yaratish, alohida hodisalar va me’yordagi hayotiy faoliyatiga o’tishiga tayyor turish zarur.

Qoidaga muvofiq, inqirozli holat tizimli xarakterga ega va barcha darajalarni qamrab oladi. Shunga muvofiq u tizimli, majmuaviy yondashuvni talab etadi.




Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling