Bundan tashqari, suhbat o’tkazish jarayonida quydagi tamoyillarga amal qilish zarur:
Suhbat uchun joy tanlashda muhimi begonalar bo’lmasligiga e’tibor qaratish kerak.
Suhbatni imkon qadar bo’sh vaqtda tashkil qilish;
Suhbat jarayonida hech qanday yozma qaydlar qilmaslik va soatga qaramaslik maqsadga muvofiqdir. Suhbatdoshga butun ko’rinishingiz bilan, siz uchun u bilan suhbatdan boshqa hech narsa muxim emasligini ko’rsatish.
Profilaktik suhbat quydagilarni qamrab olishi zarur.
Boshlang’ich bosqich – suhbatdosh bilan emotsional aloqa o’rnatish, “qayg’uruvchi hamkor” o’zaro munosabati.
Suhbatdoshni sabr va hamdardlik bilan tinglash, biror narsaga qarshi bo’lsangiz ham tanqid qilmaslik. Natijada siz sezgir, ishonsa bo’ladigan inson sifatida qabul qilinasiz.
Ikkinchi bosqich – inqirozga olib kelgan voqealarni ketma – ketligini o’rnatish; imkonsizlik hissini yo’qotish. Quydagi usullarini qo’llash maqsadga muvofiqdir: vaziyatni yagona emasligini anglatish; “yutuqlar bilan qo’llab – quvvatlash” va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |