Deputatining va sena


- modda. Deputatning va senatorning guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni


Download 241.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana30.03.2023
Hajmi241.75 Kb.
#1309255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O

5-
modda. Deputatning va senatorning guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni 
Deputatda, senatorda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 
tomonidan beriladigan tegishli guvohnoma va ko‘krak nishoni bo‘ladi. Deputat, senator 
guvohnoma va ko‘krak nishonidan o‘z vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi. 
Deputatning, senatorning guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom, 
shuningdek bunday guvohnoma va nishon namunalari hamda tavsiflari O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2000-yil 18-
apreldagi 51-II-
son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi va 
ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi 
Qarori

6-
modda. Deputatning va senatorning O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisidagi ishi 
Deputat Qonunchilik palatasida doimiy asosda ishlashi lozim hamda o‘z 
vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa 
turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Senator qonunchilikka muvofiq Senatda doimiy asosda ishlashi mumkin. Senatda 
doimiy asosda ishlovchi senator o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan 
tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 
(6-modda
ning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son) 
II. Deputatning, senatorning huquqlari va majburiyatlari 
7-modda. Deputatning va senatorning huquqlari 
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida ko‘rib 
chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi. 
Deputat, senator: 
palataning organlariga saylash va saylanishga; 
palata majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; 
palata majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish 
tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar 
bildirishga; 
qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga; 
palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda saylanadigan, 
tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning 
nomzodlari bo‘yicha fikr 
bildirishga; 


munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar 
berishga; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
so‘rov bilan murojaat etishga; 
(7-
modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 
2015-yil 29-
dekabrdagi O‘RQ-396-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 
645-modda) 
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish sabablari 
yuzasidan izoh berishga; 
palata majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama qilinayotgan masala 
yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga; 
palata tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan tegishli organning qaroriga qo‘shilmagan 
taqdirda o‘z nuqtai nazarini palata majlisida bayon qilishga yoki bu haqda tegishincha 
Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga yozma ravishda ma’lum qilishga; 
palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud 
mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini palata majlislarida eshitish to‘g‘risida taklif 
kiritishga; 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek palata 
qarorlarining b
ajarilishini tekshirish haqida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; 
palata majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish 
hollari yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga 
darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor 
shaxslarga murojaat etishga haqli. 
(7-
modda 
ikkinchi 
qismining 
o‘n 
beshinchi 
xatboshisi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Deputat, ushbu moddaning 
birinchi
 va 
ikkinchi
 qismlarida nazarda tutilgan 
huquqlardan tashqari, qonunchilik tashabbusi huquqiga hamda Qonunchilik palatasidagi 
deputatlar birlashmalari ishida ishtirok etish huquqiga ega. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Deputat, senator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. 
(7-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son) 

Download 241.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling