Deputatining va sena
Download 241.75 Kb. Pdf ko'rish
|
O
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Umumiy qoidalar 1-modda. Deputat
- 2-modda. Senator
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATINING VA SENA TI A’ZOSINING MAQOMI TO‘G‘RISIDA Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) huquqlarini, majburiyatlarini hamda deputatlik, senatorlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi. I. Umumiy qoidalar 1-modda. Deputat Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylangan va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi. (1- moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ- 563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) 2-modda. Senator Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) saylangan va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi senator hisoblanadi. (2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ- 563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) Download 241.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling