Deputatining va sena


-modda. Deputatlik va senatorlik odobi


Download 241.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana30.03.2023
Hajmi241.75 Kb.
#1309255
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O

11-modda. Deputatlik va senatorlik odobi 


Deputat, senator odob qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Deputatning, 
senatorning o‘z maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga 
ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Deputatlik, senatorlik odobi buzilgan taqdirda deputatning, senatorning xulq-
atvori to‘g‘risidagi masala tegishli palata tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan 
palataning organi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 23-martda qabul qilingan 
185-IV-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasining Odob komissiyasi to‘g‘risidagi nizom”ning 
4-bobi

III. Deputat va senator faoliyatining asosiy kafolatlari 
12-modd
a. Deputatning va senatorning huquqlari, sha’ni hamda qadr-
qimmatini muhofaza qilish 
Har bir deputatga, senatorga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga 
oshirishi uchun shart-
sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati 
muhofaza qilinadi. 
Deputatning, senatorning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar 
qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘ladilar. Deputatni, 
senatorni haqorat qilish, shuningdek unga nisbatan tuhmat qilish qonunda belgilangan 
javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga t
o‘sqinlik qilish maqsadida 
deputatga, senatorga qanaqa tarzda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Deputat, senator oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga to‘sqinlik 
qiladigan, bila turib unga yolg‘on axborot beradigan, deputat, senator faoliyatining 
kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar. 
(12-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 241.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling