Deputatining va sena
Download 241.75 Kb. Pdf ko'rish
|
O
9
4 -modda. Deputatning yordamchisi Deputat o‘zini deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda o‘z saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun yordamchiga ega bo‘lishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarosi deputatning yordamchisi bo‘lishi mumkin. Quyidagi shaxslar deputatning yordamchisi bo‘lishi mumkin emas, agar: tegishli deputat bilan yaqin qarindosh (ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzand, er- xotin, shuningdek er-xotinlarning ota-onasi, aka-ukasi va opa- singlisi) bo‘lsa; u qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa; sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan bo‘lsa. Deputatning yordamchisiga Qonunchilik palatasi tomonidan xizmat guvohnomasi belgilangan tartibda beriladi. Deputatning yordamchisi: deputatning uni deputatlikka nomzod etib k o‘rsatgan siyosiy partiya, uning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi hamda saylovchilar bilan samarali aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashadi; saylov okrugida jismoniy va yuridik shaxslardan deputat nomiga kelib tushgan murojaatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda deputatni xabardor qiladi; jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini deputat tomonidan qabul qilinishiga, shuningdek deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi; saylov okrugi hududida deputatning vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarni deputatning topshirig‘iga ko‘ra tashkil etadi; okrug saylovchilarini deputatning faoliyati to‘g‘risida xabardor qiladi; deputatning murojaatlarini, so‘rovlarini tayyorlashda hamda saylov okrugida deputat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan olingan murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi, murojaatlarda bayon etilgan masalalarni o‘rganadi; deputatning o‘z vakolatlarini amalga oshirishga doir boshqa topshiriqlarini bajaradi. Deputat yordamchisining ishini tashkil etish uchun siyosiy partiya tomonidan tegishli saylov okrugida siyosiy partiyaning hududiy bo‘limida xona ajratiladi. Deputatning yordamchisini ishga qabul qilish deputatning taqdimnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Deputatning yordamchisi deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlaydi. Muddatli mehnat shartnomasi deputatning yordamchisi va siyosiy partiyaning tegishli rahbari o‘rtasida tuziladi. Deputatning yordamchisi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda tugatilishi mumkin. Deputat yordamchisining mehnatiga haq to‘lash, shuningdek unga kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda siyosiy partiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. (9 4 - modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722- sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 241.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling