Deputatining va sena


-modda. Deputatning va senatorning majburiyatlari


Download 241.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana30.03.2023
Hajmi241.75 Kb.
#1309255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O

8-modda. Deputatning va senatorning majburiyatlari 
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlislarida, 
s
huningdek palataning qaysi qo‘mitasi, komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi 
tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu qo‘mita, komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz 
berishda Qonunchilik palatasining, Senatning reglamentlarida belgilangan tartibda 
shaxsan ishtirok etishi shart. 
Qonunchilik palatasi, Senat, qo‘mita, komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida 
ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat, senator bu haqda tegishincha 
Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga, qo‘mita, komissiya raisiga, kelishuv 
komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraisiga oldindan xabar qilishi shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Deputatning, senatorning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 


(8-
moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son) 
9-modda. Deputatning saylovchilar bilan, siyosiy partiya bilan olib 
boradigan ishlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Deputat o‘z okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy 
partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda 
etadi. 
(9-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi 
O‘RQ-563-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son 
— 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 
Deputat vaqti-vaqti bilan, ammo y
iliga kamida bir marta saylovchilarga o‘z 
faoliyati haqida axborot beradi. 
Siyosiy partiyalar fraksiyalari har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan 
birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun 
mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi. 
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish chog‘ida deputat: 
mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning 
borishi, 
Qonunchilik 
palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, siyosiy partiya fraksiyasining 
faoliyati, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng 
muhim masalalariga doir nuqtai nazari to‘g‘risida saylovchilarga axborot beradi; 
yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga 
yetkazadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qo‘llanilish 
samaradorligini va qonunchilikni yanada takomillashtirish zaruratini aniqlash maqsadida 
o‘rganadi; 
(9-
modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi. 
Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan deputat qonunda belgilangan tartibda 
chaqirib olinishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi 
deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va 
Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi 
Qonuni

(9-
moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-
396-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 241.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling