Deputatining va sena
-modda. Deputatning va senatorning mansabdor shaxslar tomonidan
Download 241.75 Kb. Pdf ko'rish
|
O
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Deputatning va Senatda doimiy asosda ishlayotgan senatorning mehnat huquqlari kafolatlari
15-modda. Deputatning va senatorning mansabdor shaxslar tomonidan
darhol qabul qilinish huquqi Deputat, senator o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi. Faoliyati d avlat siri hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bilan bog‘liq korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga deputatning, senatorning kirish tartibi qonunda belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. 16-modda. Deputatning va Senatda doimiy asosda ishlayotgan senatorning mehnat huquqlari kafolatlari Deputatlarga, senatorlarga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ishga joylashishga doir kafolatlar beriladi. Vakolatlari muddati tugagach, deputatga, senatorga o‘zining roziligi bilan boshqa lavozimdagi ish, shu jumladan yuqoriroq lavozimdagi ish ham berilishi mumkin. Deputat, senator ilgarigi ish joyiga (lavozimiga) qaytgan taqdirda, deputatning, senatorning avvalgi egallab turgan lavozimiga qabul qilingan shaxs bilan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 106-moddasining 2- bandiga muvofiq bekor qilinadi. Korxona, muassasa, tashkilot qayta tashkil etilgan yoki xodimlari soni (shtati) o‘zgargan taqdirda deputatga, senatorga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ilgarigi ish joyi bo‘yicha boshqa avvalgisiga teng lavozim beriladi. Bunda deputatni, senatorni ishga joylashtirish majburiyati huquqiy voris zimmasiga yuklatiladi. Korxona, muassasa yoki tashkilot tugatilgan taqdirda, deputatga, senatorga o‘zining roziligi bilan boshqa korxonada, muassasada yoxud tashkilotda ish (lavozim) beriladi. Bunda deputatni, senatorni ishga joylashtirish majburiyati yuqori turuvchi organ yoki boshqa vakolatli organ zimmasiga yuklatiladi. Saylanishiga (tayinlanishiga) qadar, lavozimlarga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan lavozimlarda ishlagan deputatlarni, senatorlarni ishga joylashtiri sh tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi va Senat tarqatib yuborilgan taqdirda, deputatga, senatorga ishdan bo‘shatish oylik nafaqasi hisobga olingan holda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi. Deputatning, senatorning vakolatlari muddati umumiy ish stajiga, xizmat muddatiga va avvalgi ixtisosi bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. (16- modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son) Download 241.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling