Deputatining va sena


Download 241.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana30.03.2023
Hajmi241.75 Kb.
#1309255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O

9
4
-modda. Deputatning yordamchisi 
Deputat o‘zini deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqasini 
saqlab turish hamda o‘z saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun 
yordamchiga ega bo‘lishga haqlidir. 
O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarosi deputatning 
yordamchisi bo‘lishi mumkin. 
Quyidagi shaxslar deputatning yordamchisi bo‘lishi mumkin emas, agar: 
tegishli deputat bilan yaqin qarindosh (ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzand, er-
xotin, shuningdek er-xotinlarning ota-onasi, aka-ukasi va opa-
singlisi) bo‘lsa; 
u qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa; 
sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan 
yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan bo‘lsa. 
Deputatning yordamchisiga Qonunchilik palatasi tomonidan xizmat guvohnomasi 
belgilangan tartibda beriladi. 
Deputatning yordamchisi: 
deputatning uni deputatlikka nomzod etib k
o‘rsatgan siyosiy partiya, uning tegishli 
saylov okrugidagi hududiy bo‘limi hamda saylovchilar bilan samarali aloqa o‘rnatishiga 
ko‘maklashadi; 
saylov okrugida jismoniy va yuridik shaxslardan deputat nomiga kelib tushgan 
murojaatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda deputatni xabardor qiladi; 
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini deputat tomonidan qabul 
qilinishiga, shuningdek deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga 
ko‘maklashadi; 
saylov okrugi hududida deputatning vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq 
ishlarni deputatning topshirig‘iga ko‘ra tashkil etadi; 


okrug saylovchilarini deputatning faoliyati to‘g‘risida xabardor qiladi; 
deputatning murojaatlarini, so‘rovlarini tayyorlashda hamda saylov okrugida 
deputat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan olingan murojaatlar ko‘rib chiqilishida 
ishtirok etadi, murojaatlarda bayon etilgan masalalarni o‘rganadi; 
deputatning o‘z vakolatlarini amalga oshirishga doir boshqa topshiriqlarini 
bajaradi. 
Deputat yordamchisining ishini tashkil etish uchun siyosiy partiya tomonidan 
tegishli saylov okrugida siyosiy partiyaning hududiy bo‘limida xona ajratiladi. 
Deputatning yordamchisini ishga qabul qilish deputatning taqdimnomasiga ko‘ra 
amalga oshiriladi. 
Deputatning yordamchisi deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli 
mehnat shartnomasi asosida ishlaydi. Muddatli mehnat shartnomasi deputatning 
yordamchisi va siyosiy partiyaning tegishli rahbari o‘rtasida tuziladi. 
Deputatning yordamchisi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi 
deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi 
qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda tugatilishi mumkin. 
Deputat yordamchisining mehnatiga haq 
to‘lash, shuningdek unga kafolatli 
to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan 
tartibda siyosiy partiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
(9
4
-
modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-
sonli 
Qonuniga
 asosan kiritilgan 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 
03/21/722/0960-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 241.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling