Deshifrovka tushunchasi
Qadimgi inklar epigrafikasi
Download 48.9 Kb.
|
22 talik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.Mayya xalqlari epigrafikasi
16.Qadimgi inklar epigrafikasi
Inklar va mayyalar – Amerika qit'asi yevropaliklar tomonidan kashf etilib mustamlaka qilinmasdan oldin Janubiy va Markaziy Amerikada yashagan xalqlar. Ushbu xalqlar (bugungi kunda ularni hindular deb atashadi) yuqori rivojlangan sivilizatsiyalarni yaratdilar va o'zlarining avlodlariga rivojlanishlarining haligacha ko'p sirlarini qoldirdilar. Janubiy Amerikaning And tog’lari yon bag’rida minglab kilometrga cho’zilgan vohalarda inklar davlati vujudga kelgan. Kechua tillariga mansub inklar XII- XIII asrlarda Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soladilar. Qo’shni qabilalar Kuskoga xavf solgan bir paytda 1438-yili kechualar birlashib bosqinchilarga zarba beradi. Ushbu g’alabadan so’ng Tauan Tinsuyyu (kechua tilida "dunyoning to’rt tomoni") davlati shakllana boshlaydi. Inklar aymara, chimu va boshqa qabilalar yerlarini bosib olib And tog’laridan Tinch okeaniga qadar ulkan masofada o’z hokimiyatini o’rnatadilar. Bu davlatni oliy hukmdor - Sapa Inka (Oliy Inka) boshqargan. U "Quyoshning o’g’li", uning yerdagi ramzi sanalgan. Aholi shuningdek, turli tabiat kuchlari, yer va suv ilohlariga ham e’tiqod qilganlar. Bosib olingan hududlar aholisiga inklar o’z tartiblarini, madaniyatlarini o’tkazganlar. Natijada dastlab qabila nomi bo’lgan "ink" atamasi imtiyozlarga ega hukmron toifa - zodagonlarning umumiy nomiga aylandi. Inklardan bo’lmagan aholi - jamoa bo’lib yashab hukmron toifa uchun ishlagan. Jamoa dehqonlar oilalaridan tashkil topib, ularning har biriga ma’lum yer, ekin maydoni biriktirib qo’yilgan. Jamoalar yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar. Mamlakatda rasman qulchilik bo’lmasa-da, jamoa a’zolari shafqatsiz ishlatilgan va deyarli huquqsiz bo’lgan. 17.Mayya xalqlari epigrafikasi Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida (hozirgi Meksika) chakalakzorlar bilan qoplangan tog’ oldi hududlarida qadimdan mayya xalqlari yashab kelgan. Mayyalarda yer jamoa mulki hisoblangan. Qishloq jamoasi ekin maydonlari har bir oilaga taqsimlangan. Jamoa a’zolari yetishtirgan hosilning bir qismi zodagonlar va kohinlarga berilgan. Dehqonlar soliq to’lashdan tashqari, zodagonlarning yerlarini ishlab berishda, ibodatxonalar va yo’llar qurilishida qatnashganlar. Eng og’ir ishlarni qullar bajargan. Qullar tabaqasi esa asir olingan jangchilar, jinoyatchilar, qarzdorlar va yetimlardan tashkil topgan. Mayyalarda davlat vujudga kelsada, jamiyatda urug’chilik tuzumiga xos xususiyatlar saqlanib qolgan. Dehqonlar makkajo’xori, qovoq, kakao, paxta, qalampir, tamaki, dukkakli ekinlar yetishtirganlar. Aholi mevali daraxtlarni parvarishlash, asalari boqish bilan ham shug’ullangan. Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keladi. Ularning har birini "buyuk kishi" - hukmdor boshqarib, uning hokimiyati merosiy bo’lgan. Hukmdorlar va zodagonlar shahar markazida bunyod etilgan saroy-qasrlarda yashaganlar. Shahar cheti va atroflarida esa dehqonlar va hunarmandlarning tomi qamish bilan yopilgan, polsiz kulbalari joylashgan. Mayyalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini beradi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni bitib, u rasmlar bilan bezatilgan. Ibodatxonalar devorlarida va baland tosh ustunlarda duolar, afsonalar, rivoyatlar, jangnomalar, tarixiy yilnomalar o’yib yozilgan. Mayyalar hayotida kohinlar muhim o’rin tutgan. Ular jamoa a’zolariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab berganlar. Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar. Uning ixtirosi qishloq xo’jalik ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lib, matematika sohasidagi muvaffaqiyatlarga asoslangan edi. Matematikaga "nol"ni anglatuvchi belgi ham, mayyalar tomonidan hindlardan ham avval kiritilgan. Mamlakat poytaxti - Chichen-Itsada rasadxona ham qurilgan. Unda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar, Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olganlar. Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o’zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barpo etganlar. Binolar bo’rtma tasvirlar, ma’budlar haykallari, devoriy suratlar bilan bezatilgan. Saroy va ibodatxonalarning derazalari bo’lmasdan, ular eshiklar orqali yoritilgan. Shahar ko’chalari tekis va ravon, bir-birlari bilan to’g’ri burchakda kesishgan holda bunyod etilgan. Yo’llar ustiga yo’nilgan toshlar qoplangan. Mayyalar shaharlarini ham tosh yo’llar bog’lab turgan. Download 48.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling