Destin super service


Kompyuterga texnik yordam ko’rsatish


Download 0.91 Mb.
bet2/6
Sana19.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1214179
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hisobot

Kompyuterga texnik yordam ko’rsatish. Bilganingizdek dunyoda hech bir narsa mukammal emas. Har bir inson xato qilganidek, har bir texnikada ham xatolilar kelib chiqib turadi. Texnika baribir texnikada, buzilmasdan ishlashining imkoni yo’q. Bir qarasangiz monitor ko’rsatmay qolsa, bir qarasangiz kompyuter umuman yonmaydi. Yana bir qarasangiz kompyuter qizib ketgan bo’ladi. “DESTIN SUPER SERVICE” hodimlari bunday hollarda ham mijozlariga o’z yordamlarini ayamaydilar. Bunday hollarda Ozod aka o’zlarining mohir texnik ko’nikmaga ega ekanliklari o’z aksini topadi. O’z ishining ustasi bo’lgan Ozod aka kompyuter shifokori desam mubolag’a bo’lmaydi.


Dasturiy ta’minot bilan ta’minlash. Kompyuterlar dasturiy ta’minotlar bilan o’z vazifasini samaraliroq amalga oshiradi. Dasturiy ta’minotlarning vazifasi esa inson hayotini yengillashtirish. Allaqachon bor va inson hayotiga o’z hissani qo’shib kelayotgan dasturiy ta’minotlar ko’p, ammo inson o’sishdan to’xtamas ekan uning ehtiyojlari ham ortib boradi. Bunda yangidan yangi dasturiy ta’minotlarga ehtiyoj ortib boradi. Mijozlarning bunday ehtiyojini “DESTIN SUPER SERVICE” dasturchilari qondiradi.
Kompyuterlarning tarkibiy qismlari. Kompyuterning umri abadiy emas demak uning har xil tarkibiy qismlarini yangilab turish lozim. Ba’zida kompyuter yana ham yaxshi ishlash maqsadida unga qo’shimcha qurilmalar qo’shiladi. “DESTIN
GOLD” bunday hollarda o’zining zamonaviy va sifatli texnik qurilmalarini taklif qiladi. “DESTIN SUPER SERVICE” mini fleshkadan tortib katta katta monitorlargacha topiladi. Uy yoki ofisga borib xizmat ko’rsatish turi ham mavjud. Mijozlarimiz roligi biz uchun muhim !!!
“DESTIN SUPER SERVICE” shahrning qoq markazida joylashgani, hamda odamlar serqatnov joyda joylashganligining hisobiga ish jarayoni qizg’in va tinimsiz davom etadi. Ish soat ertalabki 08:00 dan boshlanib soat 18:00 ga qadar davom etadi. Har kuni ofisga kelinganda albatta ishlar to’planib turgan bo’ladi. Eski ishlar tugamasidan yangisi qo’shilib turadi. Hammaning o’z vazifasi bor. Otabek aka asosan operatsion tizimlar bilan ishlasalar , Ozod aka texnik yordam ko’rsatish bilan band bo’ladilar. Biz kabi amaliyotchilar esa ularning ikkisiga ham yordamchi.
“DESTIN SUPER SERVICE” jamoasining maqsadi shundan iboratki, insoniyat rivojlanib borar ekan, davrlar IT texnologiyalari bilan qamrab olingan ekan, har bir xonadan har bir tashkilot IT texnologiyalaridan unmli foydalanishiga o’z hissamizni qo’shish oliy maqsadlarimzidan biri hisoblanadi.


Telegram bot
Amaliyotning ilk haftasida telegram bot qilish vazifasi yuklatildi. Bunda quyida botning asosiy funksionalligni keltirib o’taman:

  • Bot da userlar challenge create qila olishi kerak

  • Create qilingan challenge ga odamlar ni qo’sha olishi kerak

  • Challenge boshlanish vaqti bo’lishi kerak

  • Challenge boshlangandan keyin har 4 soatda challenge ishtirokchilariga vazifani bajarganmi yo’qmi xabar borishi kerak

  • Vazifani bajargan userga bitta yulduzcha taqdim qilinishi kerak

Qisqa qilib aytganda yuqoridagilar botning asosiy vazifasi edi. Botni qilishda biz Python dasturlash tilining, Python telegram bot kutubxonasidan foydalandik. Undan ham qizig’i biz ushbu kutubxonaning Django bilan integratsiyalashgan boiler plate ni topdik va o’sha boiler plate dan foydalandik. Quyida boiler plate ning github sahifasini ko’rishingiz mumkin:
https://github.com/ohld/django-telegram-bot
Botning screenshotlari:




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling