Destruktiv xulq atvor tushunchasi Destruktiv xulq turlari va yondoshuvlar
Download 20.94 Kb.
|
Destruktiv xulq atvor tushunchasi, turlari, yondashuvlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy buzilishlarning tibbiy tasnifi.
Biz shaxs og`ishgan xulqining turli ko`rinishlari ikkita – o`ziga yoki boshqalarga qarama-qarshi yo`nalishli “destruktiv axloq”ning yagona o`qida joylashganini ko`ramiz.
Destruktiv ifodalanganlikning yo`nalishi va darajasi bo`yicha og`ishgan xulqning quyidagi shkala bo`yicha taqdim etish mumkin: antiijtimoiy (faoldestruktiv) – proijtimoiy (antiijtimoiy guruhlar me’yoriga moslashgan, nisbatan destruktiv) – asotsial (passiv-destruktiv) – o`z-o`zini parchalovchi (passivautodestruktiv) – o`z-o`zini o`ldiruvchi (faol-autodestruktiv). Axloqiy buzilishlarning tibbiy tasnifi. bemor o`z yoshi uchun g’ayrioddiy tarzda jahlning tez-tez yoki og’ir ko`tarilishini namoyon qiladi; kattalar bilan tez-tez bahslashadi; tez-tez kattalarning talablarini bajarishdan faol bosh tortadi yoki ularning qoidalarini buzadi; ko`pincha ataylab shunday ishlarni qiladiki, boshqa odamlarning xo`rligini keltiradi; o`z xatolari yoki axloqida ko`pincha boshqalarni ayblaydi; ko`pinchi xafa bo`ladi yoki uni osongina o`ksitadilar; ko`pincha g’azablanadi yoki achchiqlanadi; ko`pincha g’azabnok yoki qasoskor; ko`pincha foyda olish yoki majburiyatdan qochish maqsadida aldaydi yoki va'dasini buzadi; ko`pincha mushtlashuv chiqaradi (bunga sibslar – aka-ukalar va opasingillar bilan mushtlashish kirmaydi); boshqa odamlarga jiddiy jismoniy zarar yetkazishga qodir bo`lgan qurollardan foydalanadi (masalan, chavgan, g’isht, singan butilka, pichoq, o`qotar qurollar); ota-onasining ma'n etishiga qaramay kech qoronqigacha ko`chada qoladi (agar og’ishning boshlanishi bo`lsa – 13 yoshgacha); boshqa odamlarga nisbatan jismoniy shafqatsizlikni namoyon etadi (masalan, qurbonni bog’laydi, uni kesadi, kuydiradi); hayvonlarga nisbatan jismoniy shafqatsizlikni namoyish etadi; begonalar mulkini g’araz bilan buzadi; qasddan xatar yoki jiddiy zarar yetkazish maqsadida olov yoqadi; uydan yoki boshqa joydan qimmatbaho buyumlarni o`g’irlaydi; tez-tez dars qoldiradi; uydan kamida ikki marta yoki bir marta qochgan, biroq bir kechaga (zo`ravonlikdan qochish holatidan tashqari); jabrlanuvchining ko`z o`ngida jinoyat sodir etadi (hamyonni yulib olish, sumkani qirqishni kiritgan holda); boshqa birovni jinsiy faoliyatga majburlaydi; tegajoq axloqni tez-tez namoyish etadi (qasddan og’riq, kamsitish, qiynov yetkazish); begona uy va avtomobillar ichiga kiradi. Download 20.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling