Detali pokovkasini qizdirish


Payvand konstruksiyaning sifat nazorati


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana19.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1613399
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
KONSTRUKSION POʻLATDAN TAYYORLANGAN BUTULKA

2.5 Payvand konstruksiyaning sifat nazorati 
Payvand birikmalarning nuqsonlari deb, GOST me‘yorlari, texnik shartlar va 
loyiha chizmalaridan chetga chiqishlarga aytiladi. Bu me‘yorlarda quyidagilar: 
payvand choklarining geometrik o`lchamlari (balandligi va eni), chokni tashkil 
etuvchi metallning yaxlitligi, germetikligi, mexanik mustahkamligi, plastikligi, 
kimyoviy tarkibi va strukturasi nazarda tutiladi. 
Tayyor payvand birikmalarni tekshirish termik ishlov berishdan keyin (agarda u 
texnologik jarayon talablarida ko`zda tutilgan bo`lsa) bajariladi. 
Payvand birikmalarni nazorat qilish usullari asosiy ikki guruxga bo`linadi: 
buzmasdan nazorat qilish va buzib nazorat qilish. 
Buzmasdan nazorat qilish vazifasiga nafaqat nuqson mavjudligi yoki uni bartaraf 
etish, balki nuqson darajasi aniqlanadi. Olingan ma‘lumot birinchidan ta‘mirlash 
imkon darajasini beradi; ikkinchidan, nuqson xosil bo`lish sababini aniqlash va uni 
bartaraf etish yo`lini topish. Bu nazorat usullari guruxiga: 
1. Choklarni ko`zdan kechirish va o`lchamlarini o`lchash; 
2. Radiatsion defektoskopiya
3. Ultratovush defektoskopiya; 
4. Magnit va elektr-magnit defektoskopiya; 
5. Kapillyar defektoskopiya; 
6. Oquvchanlik defektoskopiyalari qiradi. 
Buzmasdan nazorat qilishda nazorat ob‘ekti bo`lib buyum xisoblanadi, buzib 
nazorat qilishda esa nuqsonni aniqlash uchun buyum bilan bir vaqtda o`sha 
texnologik rejimlarda o`sha metalldan namuna plastinalar payvandlanadi (ba‘zan 
namunalar bevosita buyumning o`zidan qirqib olinadi) va nazorat qilinadi.
Buzib nazorat qilish guruxiga: 
1. Mexanik sinov; 
2. Metallografik tekshirish; 
3. Korroziyaga tekshirish; 


34 
4. Payvandlanuvchanlikka sinashlar qiradi.
Sifat nazorati usullari 
1) Choklarni ko`zdan kechirish va o`lchamlarini o`lchash 
Tekshirishning bu usuli payvandlashda zarur va keng tarqalgan usullardandir.
Payvandlashda yomon payvandlanadigan po`latlarning payvand choklarini qayta-
qayta ko`zdan kechirish tavsiya etiladi. Ko`zdan kechirish bilan darz ketgan joylar 
yoki birikkan elementlar o`qlarining noperpendikulyarligi, biriktiriladigan 
elementlar qirralarining surilganligi, choklarning o`lchamlari va shakllari 
nomuvofikligi (balandligi, kateti va chok kengligi hamda kuchaytirishning bir 
tekismasligi, qatlamlanishi bo`yicha), barcha ko`rinishlar va yo`nalishlardagi 
darzlar, erib to`planib qolgan joylar, kesiklar, kuygan joylar, to`ldirilmagan 
kraterlar, yaxshi payvandlanmagan yerlar, g`ovaklik va boshqa nuksonlar, bir 
kesimdan ikkinchi kesimga o`tishning ravonmasligi, payvandlangan uzel 
(buyum)ning umumiy geometrik o`lchamlarining chizma va texnik shartlarga 
to`g`ri kelmasligi, payvandchining tamg`asi yo`qligi yoki qo`yilgan tamg`aning 
joriy qilingan talablarga mos kelmasligi aniqlanadi. 
Bittasini ham koldirmasdan barcha payvand birikmalarni ko`zdan kechirish lozim. 
Tashqi ko`rik va payvand birikmalarni o`lchash tekshirish ob‘ekti yetarlicha 
yoritilgan sharoitda amalga oshiriladi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling