Detali pokovkasini qizdirish
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
KONSTRUKSION POʻLATDAN TAYYORLANGAN BUTULKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrod tutkichlar
12-rasm. Inventorlarning umumiy ko‘rinishi
Elektr yoyi bilan payvandlashda payvandlash transformatorlari asosiy jihoz hisoblanadi. Payvandlash transformatorlarining konstruksiyasi sodda, o‘lchamlari va og‘irligi kichik hamda katta F.I.K.ga ega (85-90%). Yopiq o‘zak (1) transformatorning asosi hisoblanadi. O‘zak lak bilan qoplangan yupqa transformatorbop po‘latdan tayyorlanib, unga birlamchi chulg‘am (2) va ikkilamchi chulg‘am (3) o‘ralgan. Birlamchi chulg‘am tarmoqqa ulanadi, ikkilamchi chulg‘amda hosil bo'ladigan tok kuchlanishi kichik, lekin tok miqdori katta bo‘ladi. TS, TD, TSK tipidagi transformatorlar siljuvchi 29 chulg‘amli bo‘lib, birlamchi (2) ikkilamchi (3) chulg‘amlar orasidagi masofa kichaytirilsa, payvandlash toki ortadi yoki aksincha. Payvandlash asboblaridan biri elektrod tutkich hisoblanadi. elektrod tutkich payvandchining asosiy ishchi asbobi bo‘lib, elektrodni ushlab turish uchun hizmat qiladi. Unga tok manbaining izalyasiyalangan simli o‘kazgichlaridan biri ulangan bo‘ladi. 13-rasm. Payvandlash transformatorining tuzilishi. 1-berk o‘zak; 2-birlamchi chulg‘am;3-ikkilamchi chulg‘am; h-birlamchi va ikkilamchi chulg‘am orasidagi masofa. Elektrod tutkichlar elektrod turiga qarab vilkasimon, elastik, yassi labchali va vintsimon (ko‘mir va grafit elektrodlar uchun) bo‘ladi. Payvandchi yuzini elektr yoyi nurlaridan va erigan metallning sachrashidan saqlash uchun qora oynali to‘sgich (niqob)dan foydalanadi. Qora muxofaza oynasi payvand toki miqdoriga qarab 6-jadvaldan tanlanadi. Payvand toki, A 30-75 75-200 200-400 400 dan ortiq Muxofaza oynasining markasi E - 1 E – 2 E - 3 E – 4 Tanlab olingan oyna to‘sqichga o‘rnatiladi. Konstruksion po‘latlarni payvandlashda GOST 9466-60 bo‘yicha uzunligi 225 dan 450mm gacha bo‘lgan va diametri 1,6 dan 12 mm gacha bo‘lgan maxsus elektrod – simlardan foydalaniladi. Bulardan eng ko‘p qo‘llaniladiganlari- uzunligi 350, 400, 450 mm va diametri 3; 4 va 5 mm li elektrodlar hisoblanadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling