Detali pokovkasini qizdirish


GOST 9466-75 «Eritib qoplash va yoyli dastakli payvandlash uchun


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana19.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1613399
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
KONSTRUKSION POʻLATDAN TAYYORLANGAN BUTULKA

 
GOST 9466-75 «Eritib qoplash va yoyli dastakli payvandlash uchun 
qoplamali metall elektrodlar. Tasnifi, o’lchamlari va umumiy talablari»  
Dastakli yoy payvandlashda qo

llaniladigan elektrodlar GOST 9466-75 «Eritib 
qoplash va yoy dastakli payvandlash uchun metali qoplamali elektrodlar. Tasnifi, 
o

lchamlari va umumiy talablar» bo‘yicha quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha 
klassifikatsiyalanadi:
1. Elektrodlar payvandlanadigan metallarning turlariga qarab quyidagi sinflarga 
bo‘linadi:
a) uglerodli va kam legirlangan konstruksion po‘latlar uchun (shartli belgisi - "U").


23 
b) legirlangan konstruksiyon po‘latlar uchun (shartli belgisi - "L").
d) issiq bardosh po‘latlar uchun (shartli belgisi - ―‖T‖).
e) yuqori legirlangan alohida xususiyatga ega bo

lgan po‘latlar uchun (shartli 
belgisi -‖V‖).
f) eritib qoplashga mo‘ljallangan alohida xususiyatli qatlam hosil qiluvchi 
elektrodlar (shartli belgisi - ―N ).
2. Qoplamaning qalinligi: Elektrodning umumiy diametri ―D ni elektrod 
o

zagining diametri ―d ga nisbatiga bog‘liq holda aniqlanadi va quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi.
a) D/d1,2 – yupqa qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "M");
b) 1,2 D/d 1,45 – o‘rtacha qoplamali eletrodlar, (shartli belgisi – "S")
d) 1,45 D/d 1,8 – qalin qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "D")
e) D/d 1,8 – o‘ta qalin qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "G")
3. Elektrodlar tayyorlanish aniqlik darajasi, qoplama yuzasining tekisligi, payvand 
chokining bir tekisdaligi va oltingugurt bilan fosforning miqdoriga qarab (payvand 
chokdagi) quyidagi guruhlarga bo‘linadi 
4. Elektrodlar qoplamasining turi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) kislota qoplamali – (shartli belgisi – ―‖A‖);
b) asosiy qoplamali – (shartli belgisi – ―‘B‖);
d) sellyuloza qoplamali – (shartli belgisi – ―‖S‖);
e) rutil qoplamali – (shartli belgisi – ―‖R‖).
f) aralash turdagi qoplamali – qo‘shaloq belgili (masalan, ATS);
g) boshqa turdagi qoplamali – (shartli belgisi – ―‖P‖).
h) qoplama tarkibida 20% dan ko

p temir kukuni bo‘lgan elektrodlar uchun, guruh 
shartli belgisiga qo‘shimcha J harfi yoziladi.
5. Payvand choklarini bajarilishiga ruxsat etilgan fazoviy holatlariga qarab 
elektrodlar 4 guruhga bo‘linadi:
a) hamma fazoviy holatlar uchun mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – 
―1‖)
b) vertikal holatning ―tepadan pastga ko‘rinishidan boshqa hamma holatlar uchun 
mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – 2).
e) pastki holat, gorizontal holat va vertikal holatning ―pastdan tepaga‖ 
ko

rinishlari uchun mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – 3).
d) pastki holat va pastki holatlarda ―qayiqsimon ko‘rinishlarga mo‘ljallangan 
elektrodlar – (shartli belgisi – 4).


24 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling