Detali pokovkasini qizdirish


-rasm. Elektrodlarning umumiy ko’rinishi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana19.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1613399
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
KONSTRUKSION POʻLATDAN TAYYORLANGAN BUTULKA

 
8-rasm. Elektrodlarning umumiy ko’rinishi. 
2.3 Payvandlash jihozlarini tanlash va asoslash 
 
Elektr yoyi bilan payvandlashda foydalaniladigan quvvat manbaalarga 
va jihozlarga payvandlash transformatorlari, o‘zgarmas tok payvandlash 
generatorlari, payvandlash to‘g‘rilagichlari va payvandlash inventorlari kiradi. 
Payvandlash toki manbalari qisqa tutashish imkoniyatiga ega bo‘lishi hamda 
payvandlash yoyining barqaror yonib turishini va tok kuchini o‘zgartirib turilishini 
ta‗minlaydigan bo‘lishi kerak. O‘zgarmas tok payvandlash yoyi o‘zining 
barqarorligi, yuqori ligerlangan po‘latlarni, rangli metallar va ularning 
qotishmalarini, yupqa metallarni payvandlash mumkinligi kabi afzalliklarga ega. 
SHunga qaramasdan o‘zgaruvchan tok payvandlash transformatorlari o‘zgarmas 
tok payvandlash generatorlariga qaraganda ko‘proq qo‘llaniladi. CHunki kerakli 
uskunalarga sarflanadigan xarajatlar 3-5 marta ko‘p, quvvat sarfi esa 40-50 % ortiq 
bo‘ladi. Payvandlashni eriydigan va erimaydigan (volfram, ko‘mir, grafit) 
elektrodlar bilan bajarish mumkin. Payvandlashning himoyalangan va 
himoyalanmagan muxitda, flyus ostida va qoplamali elektrodlar bilan payvandlash 
turlari mavjud.
Mexanizatsiyalanganlik darajasiga ko‘ra , payvandlashning quyidagi turlari 
mavjud: dastaki usulda, yarim avtomatik va avtomatik. 
Ta‘minlash manbaalariga qarab payvandlash apparatlari quyidagicha 
sinflanadi:  
 
Payvandlash transformatorlari. Payvandlash transformatorlari an‗anaviy 
va shu bilan birga konstruksiyasi bo‘yicha eng sodda payvandlash tok manbai 
hisoblanadi. Uning asosiy qismi tarmoqdagi kuchlanishni payvandlash 
kuchlanishigacha pasaytirib beruvchi transformatordir. Tok kuchi turli usullar bilan 
sozlanadi, ular ichida eng keng tarqalgani – birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar 
orasidagi masofani o‘zgartirishga asoslangan. Barcha transformatorlar bitta 
umumiy o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi – chiqishda o‘zgaruvchi tok hosil 
qiladi. Transformatorli payvandlash apparatlarida rangli metallarni payvandlash 


25 
uchun yoki payvandlash yoyining turg‘unligini yaxshilash uchun konstruksiyasiga 
qo‘shimcha og‘ir va katta elementlar kiritish kerak bo‘ladi. Ularsiz ham 
transformatorlar engil emas. Bunda ma‗suliyatli ishlarni bajarish uchun 
o‘zgaruvchi tokka moslashgan maxsus elektrodlar kerak bo‘ladi.
Transformatorlarning foydali ish koeffitsienti ancha yuqori (90% gacha), 
ammo energiyaning ma‗lum qismi o‘zini qizishiga sarflanadi. Zamonaviy 
modellarida transformatorlarni sovutish uchun (bunga ham ancha qo‗shimcha 
quvvat sarflanadi) ventilyatorlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda payvandlash 
transformatorlaridan 
kamroq 
foydalanilmoqda. 
SHunga 
qaramasdan
transformatorlarning bir qator afzalliklari bor: FIK ning yuqoriligi, arzonligi va 
chidamliligi. SHu afzalliklari tufayli ularga hali ham talab etarli.
TSK-500 transformatorining parametrlari 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling