Detallarni mustahkamlash va korroziyaga chidamli qilish


- rasm. Elektr-yoy metallizatsiya qurilmasi va jarayoni sxemasi


Download 1.26 Mb.
bet2/2
Sana23.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1289329
1   2
Bog'liq
detallarni qayta tiklash texnologiyasi

2.4.2- rasm. Elektr-yoy metallizatsiya qurilmasi va jarayoni sxemasi
1- elektrod simi; 2- haydovchi qisilgan havo; 3- qisuvchi plastina;
4- elektr toki olib keladigan poshna; 5- qalpoq; 6-diffuzor;
7- yorug`likdan himoyalovchi ekran; 8- changsimon metall zarrachalari
oqimi; 9- zarrachalar qo`nadigan sirt; 10- detal.
2.4.1- jadval. Detallni qayta tiklashda ishlatiladigan po`lat markalari


Po`lat markasi


Mustahkamlik, MPa


Qo`llash sharoiti


Св08Г2С


2500-3000


Darz ketgan, teshilgan joylarni yopish, eyilgan yuzalarni tiklash


Нп40


2500-3000


O`rta me`yor yuklama ostida ishlaydigan podshipniklarni, vallarni, rotorlarni tiklash


Нп105Х


2700-3700


Yuqori yuklama ostida ishlaydigan, vallarni, rotorlarni tiklash


40Х13


2200-2700


Korroziya kuchli sharoitlarda ishlaydigan detallar: nasos vallari va boshqalarni tiklash


Х18Н10Т


2200-3000


Issiqqa chidamli qilish

Gaz-alangali metall quyish. Bu usulda yeyilgan yuzalarni qayta tiklab, ularga kerakli fizik-mexanik xossalarni berish uchun metall kukunlarni gaz-termik yo`l bilan eritib quyiladi.

Kukunli materiallarni "sovuq" usulda (detal kukunini eritib quyish jarayonida temperatura 2000С dan oshmaydi) va "issiq" usulda (ya`ni, kukunni eritib quyish jarayonida detal va kukunning o`zi 900-11000С gacha isib ketadi) bajarish mumkin.


Bu usulni bajarish uchun maxsus uskunalar ishlatiladi. Shulardan biri – gaz-alangali metal quyish uskunasi 021-4 "Ремдеталь'" hisoblanadi. Bu uskuna Г-3 rusumli gaz gorelkasiga biriktirilgan bo`lib, metall kukuni alanga zonasiga tashqaridan beriladi (2.4.3-rasm).
Gorelka asosiga ko`p soploli munshtuk 1 ulangan va shu asosga zajim orqali kukun solinadigan bunkerchani ushlab turadigan kronshteyn 2 mahkamlangan. Alanga zonasiga kukun berishni to`xtatish uchun kukun tushadigan uskunada zaslonka 3 o`rnatilgan. Kukunning alanga zonasining markaziga tushishini bunkerli kronshteynni asos o`qi bo`ylab harakatlantirish bilan to`g`rilash mumkin. Gazning alanga zonasiga berilishini ikkita ventil 4 bilan rostlanadi.



2.4.3- rasm. 021-4 “Ремдеталь tipidagi gaz-alangali metal quyish uskunasi
1- ko`p soploli mundshtuk; 2- metall kukun bunkerchali kronshteyn; 3- yopqich (zaslonka); 4- ventillar.

Bu uskuna valga o`xshash, yassi va shaklli detallarni qayta tiklash hamda mustahkamlash uchun qo`llaniladi. Uning texnik xarakteristikasi quyidagicha:


qo`llaniladigan gaz ……………………. atsitelen, kislorod;


- bosim, MPa

atsitelenniki……………………….0,01 gacha

kislorodniki……………………….0,5 gacha

- Gaz sarfi, m3/soat

atsitelenniki ………………………0,6-1,7

kislorodniki ………………………0,8-1,9

- kukun eritib quyish bo`yicha

unumdorligi, kg/soat …………………….1,6-2,6;

- Kukun solinadigan bunker sig`imi, sm3 …280

- Massasi (kukunsiz), kg …………………3
Metall quyish uchun tayyorlanayotgan detallar yog` moddalaridan, smoladan va boshqalardan tozalanadi. Metall zarrachalari yuzaga yaxshi yopishishi uchun bu yuzada korund bilan ozgina g`adir-budurlik paydo qilinadi.
Metall quyib paydo bo`lgan qatlamlar qattiqligi 50 НRС gacha bo`lsa, metall yonish bilan ishlov beriladi, 50 НRС dan katta bo`lsa – metallni silliqlash (shlifovkalash) bilan ishlov beriladi. Bu usul bilan ham kichik, ham katta gabaritli detallar ta’mirlanadi.

A
vtomatik va yarim avtomatik payvandlab qoplashda kukunsimon kompozitsion materialdan foydalanish mumkin. Bolgariyada detallarning yuzasini kompozitsion material bilan qoplashda quyidagi texnologiyadan foydalaniladi (rasm 1.5.)


1-rasm Kompozitsion qatlam olish usuli.
1- payvandlanayotgan detal; 2- suyuqlanuvchi elektrod; 3- kukunsimon material bunkeri; 4- rolik; 5- sovutish suyuqligi. Val shaklidagi detalning eyilgan yuzasiga suyuqlanuvchi elektrodni avtomatik payvandlab qayta tiklashda, yoydan ma`lum masofa orqada qattiq qotishma kukuni uzatiladi. Qattiq qotishmaning kukuni uning orqasidan kelayotgan rolikning bosim kuchi ta`sirida payvand qatlam ichiga bosib kiritiladi. Rolik orqasidan esa sovutuvchi suyuqlik berilib payvand qatlam toblanadi. Ushbu usul payvandlangan metallda qattiq qotishmaning erib ketishidan saqlab, kompozitsion qatlam olishni ta`minlaydi. Lekin bu usul qattiq qotishma zarralari qatlam yuzasida joylashganligi uchun qatlam qalinligi bo’yicha fizikmexanik xossalarning bir xil bo’lishini ta`minlay olmaydi.
Qattiq qotishmali kukunsimon materialni suyuqlanuvchi elektrod orqasidan payvandlash vannasiga yuborish usuli Belorussiyada sinovdan o’tkazilgan (rasm1.6.)

2-rasm Kukunsimon materialni payvandlash vannasiga uzatish sxemasi.
1 - suyuqlanuvchi elektrod; 2 - kukunsimon material bunkeri; 3 - payvandlash vannasi; 4 - payvand qatlam. Kukunsimon materialni suyuq metall vannasiga yuborish turli usullarda: uning o’z og`irligi yordamida, maxsus uzatuvchi moslama yordamida, gaz oqimi yordamida amalga oshirish mumkin. O’tkazilgan tajribalar oxirgi uzatish usulini yaxshiroq ekanligini ko’rsatgan. Kompozitsion qatlam tarkibini matritsa sifatida asosiy va elektrod metali aralashmasi, hamda to’ldiruvchi sifatida esa qattiq qotishmalar tashkil etadi.
P
urkash va metallash usullari. Purkash—tiklanadigan detallarning eyilgan sirtlariga metall koplashning yangi zamonaviy bir usulidir. Bu jarayonning moxiyati shundaki, oldindan suyuqlantirilgan metall detalning maxsus tayyorlangan sirtiga siqilgan gaz (xavo) oqimi bilan purkaladi. Purkalgan metall detalning sirtiga urilganda deformatsiyalanadi, sirtdagi g`ovaklarni va notekisliklarni to’ldirib, koplama xosil kiladi. Metall zarrachalari detal sirtiga va o’zaro asosan mexanik birikadi. Fakat ayrim nuktalarda ular payvandlanadi. Detallarni metall purkab tiklash jarayonining yukori unumliligi, detalning biroz (120-180°S) kizishi, koplamaning eyilishga yaxshi chidamliligi, texnologik jarayonning va qo’llaniladigan uskunalarning oddiyligi; xar kanday metall va kotishmalardan kalinligi 0,1-1,5mm koplamalar olish mumkinligi bu usulning afzalligidir. Koplamaning unchalik mustaxkam bo’lmasligi va detalning sirtiga sust ilashishi bu jarayonning kamchiligidir, bu kamchilikni bartaraf etish uchun qoplangan materiallarni eritish uchun qo’shimcha ishlov berish lozim. YUkori chastotali purkash suyuqlantiriladigan ashyo (kukun) ni induktsion kizdirib suyuklantirishga asoslangan. Suyuklantirilgan metall detal sirtiga sikilgan xavo okimi bilan purkaladi. YUkori chastotali purkash apparatining kallagi (1.7-rasm) yukori chastotali tok generatoridan ta`minlanadigan induktor va tok kontsentratori (to’plagichi) bilan jixozlangan. Tok kontsentratori sim uchining suyuklanishini ta`minlaydi.
YUkori chastotali purkashning afzalligi shundaki, bunda metalning kizish xaroratini rostlash mumkin bo’lganidan u oz mikdorda oksidlanadi va koplamaning mexanik mustaxkamligi etarli darajada yukori buladi. Ish unumining nisbatan pastligi ishlatiladigan uskunaning murakkab va juda kimmatligi bu jarayonning kamchiligidir.
Plazma yoyi yordamida purkash. Metall qoplama xosil qilishning bu usulida metallni detalning sirtiga purkash va yopishtirish uchun plazmali oqimning issiqlik (xarorat 15000-30000 0S) va dinamik xossalaridan foydalaniladi. Purkaladigan ashyo sifatida metall kukuni ishlatiladi.Kukun meyorlagichdan plazmotronning soplasiga vaqt birligida aniq miqdorda berib turiladi.Metall kukuni plazma oqimiga tushib, suyuqlashadi va oqimga qo’shilib, detal sirtiga yopishadi. Purkash quyidagi tartibda bajariladi: tok kuchi 350-400 A, kuchlanish 60-70 V, plazma xosil qiluvchi gaz sarfi 30-35 l min, kukun sarfi 5-28 kg soat, detal sirtigacha bo’lgan oraliq 1,25 sm dan-150 sm gacha bo’lishi mumkin. Purkashning bu usuli (rasm 1.11.) eng istiqbolli xisoblanadi. Uning afzalliklari: jarayon yuqori unumli bo’ladi , qoplama detalning sirtiga juda mustaxkam yopishadi (50 MP a gacha boradi), jarayonni boshqarish to’liq avtomatlashtiriladi, xar qanday metall va qotishmalarni purkab qoplama hosil qilish mumkin.


Detallarning metall purkab tiklash texnologik jarayoni uchta asosiy ishdan: detall sirtini metall purkab qoplashga tayyorlash; purkash, purkalgandan keyin detallarga ishlov berishdan iborat. Metall purkash oldidan detall sirtiga purkab ishlov beriladi, shunda detall sirti g`adir-budir bo’lib, qoplamaning detalga mustaxkam yopishishi taminlanadi.
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling