Detallarning aksonometrik proyeksiyalari. Detallarning texnik rasmlarini chizish asoslari


Download 458.05 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi458.05 Kb.
#1557169
  1   2   3
Bog'liq
Saparova Gulsanam


Qoraqolpoq davlat universiteti
Sanaat texnologiya fakulteti
Neft va neft gazni qayta ishlash
texnologiyasi yoʻnalishi
1-kurs talabasi Saparova Gulsanam
Muhamdislik va kompyuter grafikasi fanidan
Slayd ishi
Detallarning aksonometrik proyeksiyalari. Detallarning texnik rasmlarini chizish asoslari.
Reja:
  • Detallarning aksonometrik proyeksiyalari.
  • Detallarning texnik rasmlarini chizish asoslari.
  • To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya.

Qadimgi miniatura asarlaridagi perspektiv yasashlar zamonaviy aksono­metriya qonun-qoidalariga to'g'ri keladi. Bunga dunyo madaniyati tarixida o'ziga xos iz qoldirgan Kamoliddin Behzodning miniaturalari misol bo'la oladi.
Umumiy tushuncha. Mashina detallarini yasashda, asosan, ularning ish chizmalaridan foydalaniladi.
Lekin bu tasvirlarning asosiy kamchiligi shundaki, detal ko'rinishi turli tekislikda bajariladi. Bunday hoi chizmaning o'qilishini qiyinlashtiradi.
Shuning uchun, amalda detaining ish chizmasi bilan birgalikda uning yaqqol tasviri ham qo'shib beriladi. Detaining yaqqol tasviri, ya'ni aksonometrik proyeksiyasi qo'shib berilgan ish chizmalarini tez va oson o'qish mumkin bo'ladi.
Aksonometriya yunoncha so'z bo'lib, akson - o'q va metreo - o'lchash degan ma'noga to'g'ri kelib, o'qlar bo'yicha o'lchash deganidir.
Aksonometrik proyeksiyalar uch o'lchamli yaqqol tasvir hisoblanadi. Ular x, y, z koordinata o'qlari tizimida hosil bo'lishiga qarab to'g'ri va qiyshiq burchakli turlarga ajraladi.
Agar koordinata o'qlari orasidagi burchaklar o'zaro teng bo'lsa, ya'ni jism o'lchamlari ushbu x, y, z o'qlarga o'zgarmasdan bir xilda tasvirlansa, to'g'ri burchakli aksonometriya deyiladi. Mabodo x, y, z o'qlari orasidagi burchaklardan bittasi qolgan ikkitasiga nisbatan o'zgarib tasvirlangan bo'lsa, ya'ni jism o'lchamlari x, y, z lardan bittasiga o'zgarib (kichiklashib) proyeksiyalansa, qiyshiq burchakli aksonometriya deyiladi.
Aksonometriyada koordinata o'qlari x, y, z larga bir xilda (kattalikda) tasvirlanadigan jism sifatida kub olinib, uni qiyshiq, so'ngra to'g'ri burchak ostida aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalash jarayonini ko'rib chiqamiz.

Download 458.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling