Detallarning aksonometrik proyeksiyalari. Detallarning texnik rasmlarini chizish asoslari
To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya
Download 458.05 Kb.
|
Saparova Gulsanam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya. Kubni 27.3-chizma, a dagidek aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib, unga kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o'tkazilsa, kubning to'g'ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo'ladi.
To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya qisqacha izometriya ham deyiladi. Izometriya yunoncha so'z bo'lib, isos - bir xil (teng) degan ma'noni ang-latadi. Izometriyada Ox, Oy, Oz o'qlar orasidagi burchaklar o'zaro teng bo'lib, ular 120° ni tashkil qiladi (27.3-chizma, b). Chunki ular P tekisligiga nisbatan bir xil qiyalikda proyeksiyalanadi. Shunda, masalan, kub o'zining haqiqiy kattaligiga nisbatan ma'lum miqdorda o'zgarib, ya'ni qisqarib proyeksiyalanadi. Bu o'zgarish izometriyada uchala o'qlar bo'yicha bir xil bo'lib, 0,82 ga teng. Lekin detal o'lchamlarini izometrik o'qlarga 0,82 marta ko'paytirib o'lchab qo'yish ancha noqulay. O'z DSt 2.305:2003 ning tavsiyasiga binoan, barcha o'qlarga detaldan o'lchab qo'yiladigan qiymatni 0,82 marta kichik olmasdan, uning haqiqiy kattaligidagi o'lchamlari qo'yiladi. Shunda detaining izometriyasi marta katta tasvirlanadi. Izometrik o'qlarni uchburchakliklar yordamida 27.3-chizma, d dagidek chizish mumkin. Ularni chizmachilik daftarida kataklar yordamida ham chizish mumkin. O nuqtadan gorizontal chiziqqa 5 katak, so'ngra pastga 3 katak olinib, O nuqta bilan tutashtiriladi (27.3-chizma, e). Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Sh.K. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya. Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2006, 2008. 2. B.B.Qulnazarov. Chizma geometriya. Toshkent, «O‘zbekiston», 2006. 3. A.N. Valiyev. Perspektiva. Toshkent, «TDPU rizografi», 2006. 4. Sh.K. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya kursi. Toshkent, «O‘qituvchi», 1988. Download 458.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling