Detallarning tashqi silindrik yuzalari va ularga ishlov berish usullari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana25.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1719929
  1   2   3   4
Bog'liq
detallarning-tashqi-silindrik-yuzalari-va-ularga-ishlov-berish-usullari (1)



SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1132
DETALLARNING TASHQI SILINDRIK YUZALARI VA ULARGA ISHLOV 
BERISH USULLARI 
Farruhbek Farxodjon o‘g‘li Oxunjonov 
Magistr, Farg’ona politexnika instituti 
ANNOTATSIYA 
Maqolada aylаnmа jism shаkligа egа bo‘lgаn dеtаllаrga ishlov berish ajribalari va 
samarador usullar haqida so’z yuritiladi. Detallarning tashqi silindrik yuzalariga ishlov 
berish dastgohlari bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar bayon qilinadi. 
Kalit so‘zlar: vаllаr, vtulkаlаr, disklаr, silindrik yuza, tokarlik dastgohlari. 
EXTERNAL CYLINDRICAL SURFACES OF DETAILS AND METHODS OF 
THEIR PROCESSING 
Farruhbek Oxunjonov 
Master’s degree student, Fergana Polytechnic Institute 
ABSTRACT 
The article discusses the features and effective methods of processing parts with a 
rotating body shape. Practical skills in working with machining tools on the outer 
cylindrical surfaces of parts are described. 
Keywords: shafts, bushings, discs, cylindrical surfaces, lathes. 
KIRISH
Zagotovkalarga mexanik ishlov berish metall kesuvchi asboblar yordamida metall 
kesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Kesib ishlov berishda ishlov o‘tayotgan 
zagotovkaning ma’lum qalinlikdagi qatlami (qo'yilma) kesib ajratiladi va qirindiga 
aylantiriladi. Bunda kesib olinayotgan metall kesish jarayonida plastik 
deformatsiyalanadi va yemiriladi. 
Detallar ta’sir etuvchi kuchlarga qarshilik ko‘rsata olishi uchun mashinasozlikda 
qo‘llaniladigan konstruksion metallardan tayyorlanadi. 
Bunday metall va qotishmalar (po‘lat, cho'yan, jez, bronza, aluminiy qotishmalari 
va boshqalar) ularning kimyoviy tarkibi va struktura holatiga bog‘liq bo‘lgan turli 
mexanik xossalariga egadir. Keltirilgan ko‘rsatkichlar majmuasi konstruksion 
materiallaming kesib ishlashga qarshiligini ifodalaydi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling