Detonatsion yonishning kelib chiqish sabablari


Oktan soni va uni aniqlash


Download 108.55 Kb.
bet2/4
Sana28.09.2023
Hajmi108.55 Kb.
#1688788
1   2   3   4
Bog'liq
Бензинлар-нинг дет-яга қаршилиги

Oktan soni va uni aniqlash.

Benzinlarning detonatsiyaga turg’unlik darajasi oktan soni bilan ifodalanadi. Benzinning dvigatel quvvatiga va yonilg’ining sarf miqdoriga ta’sir qiluvchi xossalaridan yana biri uning oktan soni bo’lib, oktan soni - yonilg’ining detonatsiyaga turg’unligi (bardoshligi)ni bildiradi. Detonatsiya, bu dvigatelning noto’g’ri ishlashi yoki boshqacha qilib aytganda, yonish jarayonining noto’g’ri borishidir.


Dvigatelning detonatsiyali ishlashiga yo’l qo’yilmaydi. Shuning uchun detonatsiyani kelib chiqish sabablarini va uni kamaytirish yo’llarini bilishimiz kerak. Yonish kamerasida qurum(qotishmalar) ko’p hosil bo’lishi natijasida benzinni o’z-o’zidan ham alangalanib ketishi mumkin.
Detonatsion yonishning asosiy sabablaridan bittasi - yonilg’i tarkibidagi uglevodorodlarning oksidlanishi natijasida organik perekis birikmalarning, yonish jarayonining oxiriga borib ko’p hosil bo’lishi

va ularning parchalanishi natijasida ko’p issiqlik ajralishi natijasida silindr ichida bosim va harorat katta bo’lishidir.
Perekis birikmalarning ko’p hosil bo’lishi kalil yondirish(kalilnoye zajiganiye)ga bog’liq. Yonilg’ining detonatsiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyati oktan soni bilan baholanadi. Shu sababli dvigatelning detonatsiyali ishlashini kamaytirish uchun benzinni dvigatel konstruksiyasiga to’g’ri keladigan oktan sonli rusimini tanlab olish zarur (alangalanishi optimallashtirishni biroz kamaytirish, drosselni yopish, valning xarakat tezligini ko’paytirish natijasida ham detonatsiyani to’xtatish mumkin).
Benzinning oktan soni bir silindrli dvigatelda ishlatilib ko’rilib, namunaviy (etalon) yonilg’i bilan taqqoslanib aniqlanadi. Oktan soni ikki xil usulda aniqlanadi:
1) Motor usuli (qo’zg’almas) - GOSТ 511-66, dvigatel IТ9-2
2) Тadqiqot (avtomobilda tekshirish)-GOSТ 8226-66,IТ9-2
Ikkala usulda ham dvigatelda siqish darajasini o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’lib, benzin va namunaviy (etalon) yonilg’i ishlatilib ko’riladi va dvigatel detonatsiya bergandagi siqish darajasi bo’yicha solishtiriladi.
Namunaviy yonilg’i sifatida ikkita uglevodorod aralashmasi olinadi.
1) Izooktan - C8H18 izomer tuzilishga ega bo’lgan parafin qatordagi uglevodorod bo’lib, detonatsiya bardoshligi 100 deb qabul qilingan, uning struktura formulasi :

СН3 СН3


СН2 С СН2 СН СН3
СН3
2) Normal-geptan - C7H16 parafin qatoridagi uglevodorod bo’lib, zanjirsimon normal tuzilishga ega, uning struktura formulasi quyidagicha:
СН3-СН2-СН2-СН2-СН2-СН2-СН3
Geptan kuchli detonatsiyalanadi, uning detanatsiyaga bardoshligi 0 ga teng.
Тekshirilayotgan yonilg’i (benzin) bilan izooktan va normal geptan aralashmasining (bir xil siqish darajasida ) detonatsiyaga moyilligi teng bo’lsa, aralashmadagi izooktanning foiz miqdori oktan soniga teng bo’ladi.

Download 108.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling