Detonatsion yonishning kelib chiqish sabablari


Download 108.55 Kb.
bet3/4
Sana28.09.2023
Hajmi108.55 Kb.
#1688788
1   2   3   4
Bog'liq
Бензинлар-нинг дет-яга қаршилиги

Yonilg’ining oktan soni deb, izooktan va geptandan sun’iy tayyorlangan, detonatsiya turg’unligi sinalayotgan yonilg’inikiga teng bo’lgan aralashmadagi foizda beriladigan(hajm bo’yicha) izooktan miqdoriga aytiladi.
Oktan sonini ikki xil yo’l bilan oshirish mumkin:
1) Prisadkalar - ya’ni tarkibdagi uglevodorolarni o’zgartirish yuqori oktan sonli uglevodorod qo’shish yo’li bilan (izoparafinlar, aromatik uglevodorodlar).
2) Detonatsiyaga qarshi birikmalar qo’shish yo’li bilan - etil suyuqligi tarkibida (C2N4)4Rv qo’rg’oshin (tetrayetilsvinets)bo’lib, bu suyuqlik zaxarli bo’ladi.
Antidetonatorlarning ish mexanizmi qo’yidagicha yoziladi:
Pb (C2H5)4  Pb + 4C2H5 Pb +O2  Pb O2
R-CH2-OOH+PbO2COH + Pb + H2O +1/2 O2
(yuqori haroratda boradi)
Benzinga 0,1% qo’shilgan birikma oktan sonini 10 birlikka oshiradi. Aviatsiya benziniga bu birikmadan 0,3% qo’shiladi. Etil suyuqligi qo’shilgan benzin etillangan deyiladi va bunday benzin ranglanadi. Lekin, bu birikma zaxarli bo’lgani sababli, uni ishlatish cheklanadi.
ТES odamni zaxarlashi bilan birga, dvigatelga xam zararli ta’sir ko’rsatadi. Etillangan benzin qurumining 60-70% ini qo’rg’oshin birikmalari tashkil etadi: detallarni bunday qurumdan tozalash juda qiyin. Qurum bosishi natijasida yonish kamerasining hajmi kichrayishi, termoizolyatsiya xossalari va yonish maxsullarining harorati ortishi talab qilinadigan oktan sonining 5-8 birlikka ortishiga sabab bo’lishi mumkin.
Хozirgi kunda Тetrayetilqo’rg’oshin(ТES)ni o’rnini bosadigan suyuqlik topish ustida bosh qotirilmoqda. Marganets asosli birikmalarning, masalan, siklopen-tadiyeniltrikarbonil MnC2H5 (qisqacha - SТM) yoki trikarbonil(232-siklo-penta-diyenil) marganets Mn(CO)3(C5H5), dimer karbonil (232-siklopen-tadiyenil) nikel [Ni(CO)(C5H5)]2, ferrotsen Fe(C5H5)2. ning istiqboli porloqdir. Bu moddaning zaxarli ta’siri ТES nikiga nisbatan 50 baravar kamroq ekan.

Download 108.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling