Benzinlarning markalanishi.
Benzinlar detonatsion xossalariga ko’ra markalarga ajratiladi. Avtomobil benzinlarining markasida motor usulida aniqlangan oktan soni (A-72, A-95) yoki tekshirish yo’li bilan aniqlangan oktan soni (Ai-93, Ai-98) ko’rsatilgan bo’ladi.
Aviatsiya benzinlarining markasi (B-70 benzini bundan mustasno) kasr son bilan ko’rsatiladi, kasrning suratida motor usulida aniqlangan oktan soni, maxrajida esa navi ko’rsatilgan bo’ladi (B-91/115, B-95/130, B-100/130).
Benzin markasining dvigatelga mos tushish-tushmasligi, birinchidan, uning siqish darajasiga, ikkinchidan bir silindrning ish xajmiga va uchinchidan, dvigatelning tuzilishiga bog’liq.
Dvigatelning siqish darajasi qanchalik yuqori va silindrning ish hajmi qanchalik katta bo’lsa, unda ishlatiladigan benzinning oktan soni shuncha katta bo’lishi zarur, siqish darajasining 0,2-0,25 hissa ortishi oktan sonining bitta birlikka oshirilishini talab qiladi. Dvigatellarning siqish darajasiga oktan soni mos bo’lmagan benzin ishlatilganda detonatsion yonishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun har bir dvigatelning siqish darajasiga mos oktan sonli benzin tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |