Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 60 qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalari


DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana24.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1293761
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DPTMS0513

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
65 
roʻy beradi. Togʻ yaylov tuproqlari tik mintaqalarga muvofiq tarqalgan boʻlib, 
muayyan bir togʻ tizmasida tik yoʻnalish va yonbagʻir ekspozitsiyasiga qarab bir-
biridan farq qiladi. 1000-2500 m balandlikda togʻ jigarrang, 2000-2800 m 
balandliklarda (oʻtloq, oʻrmon mintaqasi va oʻtloq dashtlarda) togʻ qora 
tuproqlar, 2800-3500 m boʻlgan subalp mintaqasida togʻ-oʻtloq, togʻ-dasht va 
oʻtloq qora tuproqlar keng tarqalgan boʻlsa, 3200-3500 m balandliklarda alp 
mintaqasida oʻtloq-dasht, oʻtloq va torfli-oʻtloq tuproqlari rivojlanganini 
koʻrishimiz mumkin. Togʻ mintaqasi yaylovlarida oʻsimlik qoplami balandlikka 
bogʻliq holda rivojlanadi. Baland togʻ yaylovlarida koʻproq boshoqdoshlarga 
oilasiga mansub turli oʻtloq oʻsimliklar (oqsoʻxta, timofeyevka, qizil sebarga
oʻtloq qoʻngʻirboshi, kavul, tipgan, perey, esparset, efemer va shuvoqlar) keng 
tarqalgan. Soʻnggi yillarda Qashqadaryo havzasida tabiiy yaylovlarni antropogen 
omil taʼsirida buzilishi kuchli sodir boʻlmoqda. Misol uchun: tabiiy yaylovlarda 
chorva mollarini notoʻgʻri boqilishi, meʼyoridan ortiq sonini koʻpaytirish va 
butazorlarni kesish, yerga notoʻgʻri ishlov berilishi bevosita oʻsimlik dunyosining 
nobut boʻlishiga olib kelgan. 
Qashqadaryo viloyati hududida tabiiy yaylov landshaftlarini asrab - avaylash 
maqsadida qator meliorativ tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muofiq boʻlar 
edi. Xulosa qilib aytganda Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalanishining 
oʻziga xos xususiyatlari tuproq, oʻsimlik va hayvonot olamining xilma-xilligi va 
murakkabligida, togʻli qismida togʻoldi choʻllaridan tortib, alp tipidagi 
oʻtloqlargacha birin keyin almashinib boradigan kenglik zonalligida yaqqol 
namoyon boʻlgan. Qashqadaryo havzasida balandlik mintaqalarining 
shakllanishida hudud relyefi, geologik shart-sharoitlariga uzviy bogʻliq holda 
vujudga kelgan. Qashqadaryo havzasi balandlik mintaqalanishi chuqur va keng 
qamrovli oʻrganilmagan masalalardan biri hisoblanadi va shu bilan birga 
havzaning balandlik mintaqalarini aks ettiruvchi karta (sxemalari) ishlab 
chiqilmagan. Bu esa oʻz navbatida hudud miqyosida balandlik mintaqalanishi 
qonuniyatini oʻrganishda koʻplab muammolarni yuzaga keltirib chiqaradi. 
Shuning uchun ham kelgusida geologlar va geograflar oldidagi eng muhim 
vazifalardan biri bu Qashqadaryo havzasida balandlik mintaqalanishi 
xususiyatlarini chuqur oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish; hududlarning 
alohida balandlik mintaqalanishi sxemalarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 
References: 
1. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasiʼʼ 1-jild Toshkent, 2000-yil. 
2. P.A.Xasanov ,,Qashqadaryo viloyati landshaftining shakllanishida tabiiy 
komponentlar - togʻ jinslari va relyefining oʻrniʼʼ ,,Экономики и социумʼʼ 
№3(94) 2022. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling