Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 60 qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalari
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
DPTMS0513
- Bu sahifa navigatsiya:
- References
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES International scientific-online conference 65 roʻy beradi. Togʻ yaylov tuproqlari tik mintaqalarga muvofiq tarqalgan boʻlib, muayyan bir togʻ tizmasida tik yoʻnalish va yonbagʻir ekspozitsiyasiga qarab bir- biridan farq qiladi. 1000-2500 m balandlikda togʻ jigarrang, 2000-2800 m balandliklarda (oʻtloq, oʻrmon mintaqasi va oʻtloq dashtlarda) togʻ qora tuproqlar, 2800-3500 m boʻlgan subalp mintaqasida togʻ-oʻtloq, togʻ-dasht va oʻtloq qora tuproqlar keng tarqalgan boʻlsa, 3200-3500 m balandliklarda alp mintaqasida oʻtloq-dasht, oʻtloq va torfli-oʻtloq tuproqlari rivojlanganini koʻrishimiz mumkin. Togʻ mintaqasi yaylovlarida oʻsimlik qoplami balandlikka bogʻliq holda rivojlanadi. Baland togʻ yaylovlarida koʻproq boshoqdoshlarga oilasiga mansub turli oʻtloq oʻsimliklar (oqsoʻxta, timofeyevka, qizil sebarga, oʻtloq qoʻngʻirboshi, kavul, tipgan, perey, esparset, efemer va shuvoqlar) keng tarqalgan. Soʻnggi yillarda Qashqadaryo havzasida tabiiy yaylovlarni antropogen omil taʼsirida buzilishi kuchli sodir boʻlmoqda. Misol uchun: tabiiy yaylovlarda chorva mollarini notoʻgʻri boqilishi, meʼyoridan ortiq sonini koʻpaytirish va butazorlarni kesish, yerga notoʻgʻri ishlov berilishi bevosita oʻsimlik dunyosining nobut boʻlishiga olib kelgan. Qashqadaryo viloyati hududida tabiiy yaylov landshaftlarini asrab - avaylash maqsadida qator meliorativ tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muofiq boʻlar edi. Xulosa qilib aytganda Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalanishining oʻziga xos xususiyatlari tuproq, oʻsimlik va hayvonot olamining xilma-xilligi va murakkabligida, togʻli qismida togʻoldi choʻllaridan tortib, alp tipidagi oʻtloqlargacha birin keyin almashinib boradigan kenglik zonalligida yaqqol namoyon boʻlgan. Qashqadaryo havzasida balandlik mintaqalarining shakllanishida hudud relyefi, geologik shart-sharoitlariga uzviy bogʻliq holda vujudga kelgan. Qashqadaryo havzasi balandlik mintaqalanishi chuqur va keng qamrovli oʻrganilmagan masalalardan biri hisoblanadi va shu bilan birga havzaning balandlik mintaqalarini aks ettiruvchi karta (sxemalari) ishlab chiqilmagan. Bu esa oʻz navbatida hudud miqyosida balandlik mintaqalanishi qonuniyatini oʻrganishda koʻplab muammolarni yuzaga keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham kelgusida geologlar va geograflar oldidagi eng muhim vazifalardan biri bu Qashqadaryo havzasida balandlik mintaqalanishi xususiyatlarini chuqur oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish; hududlarning alohida balandlik mintaqalanishi sxemalarini ishlab chiqishni taqozo etadi. References: 1. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasiʼʼ 1-jild Toshkent, 2000-yil. 2. P.A.Xasanov ,,Qashqadaryo viloyati landshaftining shakllanishida tabiiy komponentlar - togʻ jinslari va relyefining oʻrniʼʼ ,,Экономики и социумʼʼ №3(94) 2022. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling