Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 60 qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalari
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
DPTMS0513
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES International scientific-online conference 63 Adir balandlik mintaqasi - dengiz sathidan 400-500 m dan 1000-1200 m gacha, baʼzan 1600 m gacha boʻlgan togʻ oldi hududlarida hosil boʻlganini koʻrishimiz mumkin. Adirlar lyoss va lyossimon jinslar bilan qoplangan, yuzasi yassilangan va turli yoʻnalishdagi togʻlar bilan tutashgan togʻ oldi yassi tepa marjonlaridir degan edi - A.Mamatov 1994-yil. Adirlarga tutashgan past togʻlarning balandligi ayrim hollarda 1000-1200 m gacha yetadi, baʼzan 700-800 m balandlikka ega. Qashqadaryo havzasida tipik past togʻlar Qoratepa togʻlarining gʻarbiy qismidagi togʻlar, Ziyovuddin - Zirabuloq togʻlari va Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy tarmoqlarida hosil boʻlgan. Qarshi shahri va Shahrisabz tumanlari atrofida asosiy relyef shakllari asosan adir mintaqasiga tugʻri keladi. Adir mintaqasi relyefi tuzilishi va iqlim sharoitlariga koʻra har xil boʻladi. Togʻ chala choʻl landshaftlari tarqalgan adir mintaqasini iqlim sharoiti tekislik choʻllariga nisbatan biroz yumshoq boʻladi va yillik yogʻinlar miqdori nisbatan koʻpligi bilan farqlanadi. Bu mintaqa uchun oʻrtacha quruq tipik boʻz tuproqli togʻ chala choʻl zonasi xosdir. Chala choʻl landshaftlarining iqlim sharoitlari dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay, imkon beradi. Adir mintaqasida erta bahorda efemer va efemeroidlar barx urib oʼsadi va jazirama yoz boshlanishi bilan qovjirab, baʼzi efemeroidlar saqlanib qoladi. Tuproqlari och tusli va tipik boʻz tuproqlardan iborat. Mintaqada lalmikor dehqonchilik uchun qulay sharoitlar shakllangan. Adir mintaqasi - Qashqadaryo havzasining Qoratepa, Miroqi, Yakkabogʻ va Gʻuzor adirlarida hamda ular tutashib turgan absolyut balandligi 500 m dan 1000-1200 m gacha, past togʻlar uchun mutlaqo xosdir. Togʻ balandlik mintaqasi - viloyat hududining 1200 m dan (ayrım joylarda 1500- 1600 m dan) 2700-3000 m gacha boʻlgan yerlarni oʻz tarkibida birlashtiradi. Bu balandliklarda relyef juda murakkab boʻlib, togʻ tizmalari orasida vodiylar shakllangan. Biz togʻ mintaqasi balandlik xususiyatlarini oʻrganar ekanmiz, uning oʻziga xosligini: geomorfologik, gidrologik, tuproq hosil boʻlish jarayonlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi tarkibining oʻzgarishida togʻ yonbagʻirlarining ekspozitsiyasi, hukmron havo massalari va shamolning doimiy oʻzgarishlarida koʻrishimiz mumkin. Qashqadaryo viloyati togʻ mintaqasi asosiy relyef shakllari Hisor, Chaqilkalon, Osmontarash, Beshnov, Shertog', Toytalash, Maydonak, Eshakmaydon, Xontaxta, Xoʻja Aqchaburun togʼlarida aniq namoyon boʻlgan. Togʻ mintaqasi relyefining tarkibiy qismlari - togʻ zanjirlari, ularning ayrim tarmoqlari - tizmalar, ular orasidagi tektonik botiqlar, qadimiy denudatsion koʻtarilmalar va qirlardan tashkil etadi. Havzaning oʻrtacha baland togʻlar mintaqasida oʻrtacha nam tipik tusli boʻz tuproqli togʻ-dasht zonasi, baland togʻ mintaqasida esa nam och tusli qoʻngʻir tuproqli oʻtloq dasht (alp va subalp |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling