Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 60 qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalari


DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana24.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1293761
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DPTMS0513

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
61 
boʻladi. Biz quyida Qashqadaryo havzasidagi balandlik mintaqalanishini 
K.Z.Zokirov tavsiya etgan 4 tipli: choʻl, adir, togʻ va yaylov mintaqalarining har 
birining oʻziga xos iqlim, tuproq qoplami, oʻsimlik va hayvonot dunyosi bilan 
yaqindan tanishamiz. Havzada shakllangan har bir balandlik mintaqasining 
tabiat komponentlari va landshaft xususiyatlari oʻrganiladi. Tadqiqot natijasida 
Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalanishining oʻziga xos xususiyatlari 
oʻrganilib, yetarlicha muhokama va tahlillar asosida bayon etiladi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Balandlik mintaqalanishi qonuniyatlarini 
oʻrganish va umumiy tavsiflash (Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalanishi 
misolida). Qashqadaryo havzasining choʻl, adir, togʻ, yaylov balandlik 
mintaqalarining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish. Havzaning balandlik 
mintaqalarini shakllantiruvchi asosiy faktorlarni aniqlash. 
Asosiy qism. Maʼlumki, Qashqadaryo havzasida balandlik mintaqalanishi 
shakllanishida hududni oʻziga xos relyef, iqlim, tuproq qoplami, oʻsimlik va 
hayvonot dunyosi yetakchi omil sanaladi. Qashqadaryo viloyati landshaft 
komponentlari gʻoyat murakkab va xilma-xil. Chunki viloyat hududida 
Oʻzbekiston hududining balandlik mintaqalanishi yaqqol namoyon boʻlgan. 
Qashqadaryo havzasida togʻ tizmalari yoʻnalishi, bir-biriga nisbatan joylashishi, 
balandligi, yonbagʻirlarning turli tomonga qaraganligi, berk botiqlarning 
balandlik mintaqalarining xilma-xil boʻlishiga olib kelgan. Balandlik 
mintaqalanishi qonuniyati muhim azonal qonuniyat hisoblanib, togʻlarda 
geografik komponentlarning kenglik zonalligi boʻylab almashinishiga mos 
keladi. Balandlik mintaqanishi togʻlarning etagidan suvayirich tomon tabiat 
komponentlarining qonuniy almashinib borishi natijasida yuzaga keladi. 
Balandlik mintaqalanishi togʻlarda yuqoriga koʻtarilgan sari havo harorati va 
bosimning pasayishi, quyosh radiatsiyasi miqdorini ortishi, suv bugʻlari 
kondensatsiyasi sharoitining oʻzgarishiga olib keladi. Balandlik mintaqalanishi 
hosil boʻlishida birinchi navbatda joyning balandlikka koʻtarilgan sari oʻsimlik 
dunyosi va tabiiy sharoitining oʻzgarib borishiga, shu bilan birga balandlik 
mintaqalarining tarkib topishida togʻlarning balandligi qaysi iqlim mintaqasida 
hosil boʻlishi, havo massalariga nisbatan joylashish oʻrniga ham bevosita 
bogʻliqdir. Hattoki, hududning iqlimidagi keskin tafovutlar ham balandlik 
mintaqalarining shakllanishida yetakchi omil sanaladi. Kontinental iqlim 
oʻlkasida joylashgan mamalaktimiz uchun togʻlarda togʻ, choʻl va chalachoʻl 
mintaqalari keng maydonda shakllanishi xosdie. Balandlik mintaqalanishi 
vujudga kelishida togʻlarning relyef xususiyati ham muhimdir. Ayniqsa, 
yonbagʻir ekspozitsiyasi muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekiston togʻlarida janubiy 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling