Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 60 qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalari
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
DPTMS0513
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES International scientific-online conference 62 yonbagʻirda adir (togʻ quruq dasht) mintaqasi shakllangan boʻlsa, ayni shu balandlikdagi shimoliy yonbagʻirda togʻ (togʻ-oʻrmon- dasht) balandlik mintaqasi shakllanganligini yaqqol koʻrishimiz mumkin. Yonbagʻir ekspozitsiyasining vujudga kelishida togʻ va tepalik yonbagʻirlarining ufq tomonlari quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvidir. Masalan: yonbagʻir shimol yoki janub tomonga yoʻnalgan boʻlishiga qarab, shimoliy yoki janubiy ekspozitsiya boʻlishi mumkin. Biz Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalanishini oʻrganar ekanmiz, balandlik mintaqalarini kenglik zonalligi tomon almashinishining guvohi boʻlamiz. Oʻzbekiston hududi balandlik mintaqalarini atroflicha oʻrgangan professor K.Z.Zokirov tomonidan Oʻzbekiston hududida shakllangan 4 tip balandlik mintaqalari: choʻl, adir, togʻ va yaylov mintaqalarini ajratgan. Qashqadaryo havzasining balandlik mintaqalari ushbu qonuniyat asosida oʻrganilib, quyi choʻl zonasidan boshlanib yaylov (Alp oʻtloqlargacha) qonuniy oʻzgarib boradi. Choʻl balandlik mintaqasi - balandlik viloyat hududining mutlaq balandligi 400- 500 m gacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Bu zona 2 qismdan: quyi choʻl va yuqori choʻl zonalaridan iborat. Quyi choʻl zonasi 0-200 m mutlaq balandlikda joylashgan boʻlsa, yuqori choʻl zonasi 200-500 m balandlikkacha davom etadi. Yuqori choʻl zonasi quyi choʻl zonasining togʻlariga yaqinligi va shu sababli yogʻinning biroz koʻpligi, och tusli boʻz tuproqlari, efemer oʻsimliklari bilan ajralib turadi. Yuqori choʻl zonasi tabiatiga koʻra kenglik zonalari bilan balandlik mintaqalari orasidagi oʻtkinchi zona ham hisoblanadi. Quyi choʻl zonasiga xos landshaft tiplari xususiyatlarini: Sandiqli choʻli, Toshloqqum, Uchqum qumliklarida, yuqori choʻl zonasi landshftlarini Qarshi choʻli, Qarnob choʻli, Dengizkoʻl va Devxona platolarida koʻrishimiz mumkin. Havzada yogʻin miqdori 250 mm dan kam boʻlgan hududlarda haqiqiy choʻllar, 250-400 mm orasida yogʻin yogʻadigan hududlar yarim choʻl yoki dasht mintaqasi zonalarini hosil qiladi. Choʻl mintaqasining asosiy relyef shakllari: qumli tekisliklar, qumtepalar, shoʻr-botqoq taqirlar, platolar va keng qum massivlari tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatida Qoʻngʻirtov, Kosontogʻ, Maymanoqtov, Aloviddin, Doʼltalitov, Qoraqir, Saksondara kabi qirlar; shu bilan birga platosimon va oddiy qirlar (Saritosh-Jarqoq, Oqjar, Azkamar, Setalantepa, Buyerman va boshqalar) vujudga kelgan. Hosil boʻlishiga koʻra bu massivlar choʻl mintaqasi zonasining davomi hisoblanadi. Choʻl mintaqasiga xos boʻlgan xususiyatlar: yogʻin miqdori nisbatan kamligi, qumli barxan relyef shakllari keng tarqalgan, kamyob turli oʻsimlik va hayvonot dunyosida yaqqol ifodalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling