Development of pedagogical technologies in modern sciences
Download 200.06 Kb. Pdf ko'rish
|
DPTMS0214
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axunova Nilufar Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Oliy ma’lumotli hamshiralar” kafedrasi assistenti.. https://doi.org/10.5281/zenodo.7091366
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 70 ONALAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH: AYOLLAR VA BOLALARGA TIBBIY XIZMAT KO'RSATISHDA PATRONAJ HAMSHIRALARINING YANGI UNIVERSAL MODELI. Axunova Nilufar Tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Oliy ma’lumotli hamshiralar” kafedrasi assistenti.. https://doi.org/10.5281/zenodo.7091366 Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: onalar va bolalar salomatligi, sog‘lom bola tug‘ilishi, reproduktiv salomatlikni saqlash, yangi universal progressiv, skrining. So‘nggi yillarda onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularga ixtisoslashgan va yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, reproduktiv salomatlikni saqlash, go‘daklar va bolalar o‘limining oldini olishga qaratilgan qator qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur yo‘nalishda bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida perinatal, skrining, reproduktiv salomatlik va diagnostika markazlari, tug‘ruq bo‘limlari, ko‘p tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlari tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar deputatlar tomonidan e’tirof etildi. Onalar va bolalar muhofazasi — onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sogʻlom, jismonan va aklan barkamol bolalarni tarbiyalashga karatilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. OʻzRda bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish krnunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-profilaktika muassasalari tarmoklarini yaratishga asoslangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan soʻng onalar va bolalarga qaratilgan keng kamrovli choratadbirlar koʻzda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. 1998-yildan Toshkentda "Oila" ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsata boshladi; bu markazda Oʻzbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib chiqib oʻzlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va Download 200.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling