Deviant(salbiy) xulq-atvor turlari
Kashandalik Sigaret tarkibida 196 xil zararli
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
0KeDEV0tiZeuuz7FZ4rOHvbO6cw64pMahzynE8Kw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kashandalarning 90 %da o‘pka saratoni, 25 foizida turli yurak xastaliklari yuzaga kelishi tadqiqotlarda tasdiqlangan.
- Alkogolizm (ichkilikbozlik) Alkogolizm (ichkilikbozlik)
- Giyohvandlik
Kashandalik
Sigaret tarkibida 196 xil zararli modda mavjud. Undan 14 tasi giyohvand modda hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) tomonidan tamaki passiv narkotik deb e’lon qilingan. Kashandalarning 90 %da o‘pka saratoni, 25 foizida turli yurak xastaliklari yuzaga kelishi tadqiqotlarda tasdiqlangan. Yer yuzida har o‘n soniyada bir odam chekish oqibatida vafot etadi. Bu bir yilda 6 million kishi degani. Chekishning xavfli jihatlaridan biri shundaki, uning zarari tezda bilinmaydi. U organizmni sekin- asta zaharlab, uning qarshilik tizimini obdon ishdan chiqarib boradi Alkogolizm (ichkilikbozlik) Alkogolizm (ichkilikbozlik), bayram, tantanali marosimlar, oilaviy tantanalarni o’tkazishda, shuningdek, shaxsiy muammolarni hal etish yo’lida spirtli ichimliklar ichish majburiy bo’lib qolganligi an’anasi insonlar hayotida alkogolni qattiq o’rnashib qolganligiga asos bo’ladi. Tarix guvohlik beradiki, jamiyat alkogolizmga qarshi 2 yŏl bilan kurashgan: 1) spirtli ichimliklarni chegaralash, ularni ishlab chiqarishni va sotishni qisqartirish, narxini oshirish, ta’qiq va chegaralarni buzganligi uchun jazoni kuchaytirish yo’lidir. 2) bu alkogolga ehtiyojni kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish, hayotni sotsial va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, umumiy madaniy va ma’naviyatni o’sishi, alohida alkogolsiz fe’l-atvor stereotiplarini shakllantirish yo’lidir. KISHINING YOSHLIK DAVRIDA ALKOGOLNING TOKSIK TA’SIRI MIYA VA ICHKI A’ZOLARNING FAOLIYATI TEZ BUZILISHIGA OLIB KELADI, INSONNING ME’YORDAGI JISMONIY VA RUHIY RIVOJLANISHI BUZILADI; ERTA BOSHLANGAN ALKOGOLGA QARAMLIK HALOKATLI KECHISHI MUMKIN VA U DAVOLANISHGA BO‘YSUNISHI QIYIN; TIBBIYOTDA 30-35 GRAMM SPIRTLI ICHIMLIK ODAMNING AQLIY QOBILIYATINI BIR NECHA SOATDAN BIR NECHA KUNGACHA PASAYTIRISHI ISBOTLANGAN. Giyohvandlik Giyohvandlik (narkomaniya). Shaxsga va jamiyatga bugun buzg’unchi ta’sir krsatuvchi, og’ir sotsial oqibatlariga ko’ra giyohvandlik asosiy o’rin tutadi. Sotsiologik tadqiqotlar ko’rsatishicha, odamlar rohat olish, o’tkir hissiyotlarga kirishish uchun giyohvand moddalarga berilib qoladilar. Giyohvandlar asosan yoshlar ichida ko’p uchraydi. Tadqiqotlar yana shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik boshqa odamlar ta’siri ostida, asosan do’stlari, tanishlari orqali giyohvand moddalarga berilib qolmoqdalar. Xavfli tomni shundaki, narkotiklar qabul qilishni boshlanish etaplarida odam hech qanday yomon ta’sir, og’ir sezmaydi, aksincha giyohvand moddani qabul qilganda kayfiyat ko’tariladi. Jism shunday rohat oladiki, buni ko’pchilik sog’liqga yaxshi yordam beradi, tinchlantiradi deb o’ylaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling