Deviant(salbiy) xulq-atvor turlari
Suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
0KeDEV0tiZeuuz7FZ4rOHvbO6cw64pMahzynE8Kw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fohishabozlik
- Jinoyatchilik
Suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)
Suitsid bu odamning o’zini-o’zi o’ldirishga harakat qilishdir. Ko’p hollarda suitsid chetga og’uvchi fe’l-atvor sifatida echilishi mumkin bo’magan muammolardan, umuman hayotdan qutulish usuli bo’lib keladi. Bunday hollar kuzatilib, o’rganilib, shunday xulosaga kelindiki, ular ma’lum darajada jins, yosh ma’lumot, sotsial va oiladagi tutgan o’rniga bog’liq holda kelib chiqadi. Suitsidlar, asosan rivojlangan davlatlarda ko’p uchraydi va bugungi kunda ularni ko’payishi kuzatilmoqda. Erkaklar orasida sodir etilayotgan suitsid hollari ayol orasidagiga qaraganda kŏproq og’ir ahvollarga olib keladi. Ŏz joniga qasd qilish 20 yoshgacha va 55 yoshdan oshganlar ichida uchraydi. Hozirgi ŏz- ŏzini ŏldirish hollari 10-12 yoshli bolalar ichida ham kuchaymoqda. Fohishabozlik Fohishabozlik. Bu termin lotincha «prostitutio» so’zidan olingan bo’lib, or-nomusni yo’qotish, xo’rlash, toptash degan ma’nolarni beradi. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa 2 ta turga bo’lib o’rganiladi: 1) Konkubinat-nigohsiz birga yashash; 2) Fohishabozlik: pul uchun o’z tanasini sotish Mehnat taqsimoti, shaharlarni vujudga kelishi jarayonida paydo bo’lgan fohishabozlik kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda rivojlanib bordi. XX asrning 20 yillarining boshlaridan evropada ham, shimoliy amerikada kamayishi kuzatilmoqda. Bu an’anani sababi tadqiqotchilarni fikriga ko’ra ayollarni iqtisodiy ahvolini yaxshilanishi, birovga qaram bo’lib qolmasligidir. Jinoyatchilik Jinoyatchilik franko-belgiyalik olim matematik statistik l.a.ketle o’zining «sotsial-fizika» (1835 yil) kitobida shunday xulosaga keladiki, har qanday sotsial tuzum o’zining tashkil topishiga kŏra kelib chiquvchi jinoyatlarning ma’lum bir miqdori va tartibini belgilaydi. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar jinoyatni bir qator ob’ektiv va sub’ektiv faktorlardan kelib chiqishidan ko’rsatdi: sotsial o’rin (mavqe), faoliyat turi, ma’lumot darajasi, qoniqtirmaydigan moddiy ahvol, individ va sotsial guruh ŏrtasida munosabatlarni pasayishi, madaniy chegaralarning yo’qligi, sotsial nazoratni talabga javob bermasligi. Jahon amaliyoti kŏrsatganidek, bozor munosabatlariga ŏtishda, ayniqsa, birinchi davrlarda jinoyatni kuchayishi kuzatiladi. Jinoyatchilikni ahvoliga nosog’lom konkurentsiya, ishga joylashishga qiyinchiliklari, infilyatsiya katta ta’sir kŏrstaadi. Jinoyat bu insoniyatni barcha nuqsonlarini aks ettirishidir. Hech qaysi jamiyat uni yŏq qilishga erishgani yŏq. Shunday bŏlsada, jamiyatni majburiy bŏlgan vazifasi ŏsish templarini pasayishiga erishish va jinoyatchilikni sotsial chidamkorlik darajasida nazorat ustida ushlab turishidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling