Devisson va Jermer tajribalari. Tomson va Tartakovskiy tajribalari
Tomson va Tartakovskiy tajribalari
Download 290.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqDevisson va Jermer tajribalari
Tomson va Tartakovskiy tajribalari
Elektronlar difraksiyasini kuzatish uchun Tomson va Tartakovskiylar Debay-Sherer usulidan foydalandilar. Bunda elektronlar dastasi polikristall metall plastinkadan o‘tkazilganda sochilgan elektronlar fotoplastinkada difraksion xalqalarni hosil qilishi kerak. Tomson va Tartakovskiy tajribalarida haqiqatdan ham difraksion xalqalar tizimi kuzatildi. 1927-yilda D.P.Tomson tajribani o‘tkazishda energiyasi (17,5-56,5)keV bo‘lgan tez elektronlardan
keltirilgan. Elektronogrammada ma’lum qonuniyat asosida navbat bilan joylashgan konsentrik aylanalarni ko‘rish mumkin. Elektronlar dastasi kuchli qaytadi. Tajriba sharoitida d va lar doimiy bo‘lib, elektronlar qaytishi (3.31) shartni qanoatlantirgan burchakda bo‘ladi. Difraksion xalqalarning har bir nuqtasiga bir xil sondagi elektronlar kelib tushadi. Har bir xalqa, xalqa uzunligi bo‘yicha o‘z intensivligiga ega. Elektronogrammada difraksion xalqalar hosil bo‘lishi, xalqalar joylashishini tahlil qilish de-Broyl gipotezasining to‘g‘riligini tasdiqladi. De-Broyl gipotezasi elektronlardan tashqari, neytronlar, protonlar, atom va molekulalar uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi. 1929-yilda Shtern va Frishlar tomonidan geliy atomlari (difraksiyasi kuzatildi), 1931-yilda Jonson tomonidan molekulalar difraksiyalari kuzatildi. 1936-yilda magniy monokristallida neytronlar difraksiyasi hosil qilindi. Shunday qilib, ko‘pchilik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda de-Broyl gipotezasi tasdiqlandi. Shu bilan birga bu gipotezaning barcha moddiy zarralar (e, p, n, atom, molekula) uchun to‘g‘ri ekanligi isbotlandi. Download 290.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling