Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat konchilik instituti «metallurgiya»


Download 393.5 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1610097
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliyot (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT KONChILIK INSTITUTI


«metallurgiya» KAFEDRASI





«GRAVITATSIYA USULIDA BOYITISH»
fanidan amaliyot ishlarini bajarish buyicha
USLUBIY KO‘RSATMA


1 - AMALIY ISH.
MAVZU: MINERALLARNING FIZIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH.
Hajmiy og‘irlik tabii holda va tajriba sharoitida aniqlanadi. Lekin, shunga qaramasdan hajmiy og‘irlik tabii hldagiga nisbatan tajriba sharoitida aniqlanganda aniqligi birmuncha ortiqroq buladi.
Hajmiy og‘irlik – bu tog‘ jinsining og‘irlik birligi bulib, uning tabii sharoitdagi qattiq, suyuq (suv) va gazsimon holatlaridan tashkil topadi.

bu yerda: G- tog‘ jinsining og‘irligi, mos holda qattiq, suyuq (suv) va gazsimon holatlaridagi;
V- tog‘ jinsining hajmi, mos holda qattiq, suyuq (suv) va gazsimon holatlaridagi;
γ- tog‘ jinsining hajmiy og‘irligi.
Quruq tog‘ jinsining hajmiy og‘irligi uning og‘irligini hajmiga nisbatiga teng.

Kupchilik tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligi 1 - 3,5 g/sm³ oralig‘ida buladi. Katta hajmiy og‘irlik (5,5 g/sm³ gacha) zich magmatik jinslarga va gematit, magnetit, siderit va boshka minerallar uchun xarakterli. Gips, tosh tuzi, kumir, torf, grafit va boshqalar kichik hajmiy og‘irlikka egadirlar. Kumirning hajmiy og‘irligi uning g‘ovakligi, uglerod miqdori va qushimcha minerallarga bog‘liq.
Tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligi ularning g‘ovaklik koeffitsientiga, hulligiga va uziga suv shimib oluvchanligiga bog‘liq. G‘ovaklik ortishi bilan hajmiy og‘irlik kamayadi.
γ, γso (solishtirma og‘irlik) va g‘ovaklik R urtasida quyidagi bog‘liqlik bor:
γ = γso (1- 0,02R) g/sm³.
Tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligi γ ning uning solishtirma og‘irligi γso ga nisbati minerallar bilan tog‘ jinsi hajmini tulish darajasini xarakterlaydi va zichlik koeffitsienti deyiladi:

Tog‘ jinslarining hajmiy og‘irligini aniqlashning bir necha xil usullari mavjud:

  • eng oddiy usul – tug‘ri shakldagi (kub, prizma, silindr va h.k.) namunani ulchash yordamida aniqlash;

  • hajmulchagich yordamida aniqlash;

  • gidrostatik ulchash usuli natijasida aniqlash.

Tug‘ri shakldagi namunani ulchash natijasida hajmiy og‘irligini aniqlash.
Namunaning ulchami shtangensirkul yordamida aniqlanadi. Har bir qirrasi yoki diametri 4 martadan ulchanadi va urta arifmetigi olinadi.
Namunaning tabii hajmiy og‘irligini aniqlash uchun tugri shakldagi namuna 0,01 g aniqlikdagi texnik tarozida ulchanadi.
Hajmiy og‘irlik uning og‘irligini hajmigmga 0,02 g/sm³ aniqlikdagi nisbatiga teng.
, g/sm³
Ulchashlar har xil namunalarda 5 martadan utkaziladi.
Ulchash natijalari 1.1-jadvalga kiritiladi.
2. Hajmiy og‘irlikni hajmulchagich yordamida aniqlash.
Notug‘ri shakldagi tog‘ jinsini hajmini tug‘ri ulchash uchun hajmulchagichdan foydalaniladi. Hajmulchagich – ulcham birliklari bor bulgan idish bulib, unga tog‘ jinsi bulagini solganda suvning hajmi kutarilishi va uni ulchashga asoslangan.
Notug‘ri shakldagi tog‘ jinsi tabii holatida texnik tarozida 0,1 g aniqlikda ulchanadi (G1, g). Ulchangandan sung ipak ipga bog‘lab 70-80 0S haroratda qizdirilgan parafin solingan idishga 1-2 s tushiriladi. Igna yordamida havo pufakchalari chiqariladi. Parafinga botirilgan namuna ikkinchi bor ulchanadi (G2, g) va sekin hajmulchagichga solinadi. Suvning kutarilgan qismini hajmi aniqlanadi (Vs, sm3 ). Hajmiy og‘irlik quyidagicha aniqlanadi:
, g/sm3 ; , sm3 ;
, sm3
Bu yerda Vp –parafinning hajmi, sm3;
γp –parafinning hajmiy og‘irligi, g/sm3;

Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling