Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat konchilik instituti «metallurgiya»


Download 393.5 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1610097
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliyot (2)

4.6-rasm. Mexanik spiral tasniflagich

Spiralli tasniflagichlar tuzilishining soddaligi va xizmat ko`rsatishning osonligi, ishlatilishdagi ishonchlilik va yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turadi.


Spiralning muntazam bir tekis va sokin aylanishi mahsulotni tasniflash uchun qulay sharoitni hosil qilib, yuqori zichlikdagi toza sliv olish imkonini beradi.
Spiralli tasniflagichlarning ish unumdorligi ikkita mahsulot bilan aniqlanadi: sliv bo`yicha va qum bo`yicha.
Sliv bo`yicha unumdorlik, t/sut, quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi:
yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun


(4.11)

Spirali botgan tasniflagichlar uchun


(4.12)

bu yerda m - tasniflagich spirallarining soni; k1- sliv o`lchamiga bog’liq koeffitsient (yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun k1 = 0,46÷1,95, spirali botgan tasniflagichlar uchun k1 = 0,36÷2,9); k2 - sliv zichligiga bog’liq koeffitsient (k2 = 1,9 ÷ 1); D - spiral diametri, m.


Qum bo`yicha unumdorligi, t/sut, quyidagi formula bilan aniqlanadi:


(4.13)

bu yerda n - spiralning aylanish tezligi, min-1.


Ishlab chiqaruvchi zavodlar diametri 0,3 dan 3 m gacha va koritasining uzunligi 2,9 dan 15,1 m gacha bo`lgan spiralli tasniflagichlar ishlab chiqaradi.
AMALIY ISH № 4
MAVZU: GRAVITATSIYA USULIDA BOYITISHNING TEXNOLOGIK SXEMASINI TANLASH VA HISOBLASH.
Gravitatsion boyitish jihozlari orasida bo‘linadigan zarrachalar og‘irlik kuchidan ko‘p marta ustun bo‘lgan markazdan qochirma kuchlar harakati ostida zichligi bo‘yicha materiallarni bo‘ladigan (taqsimlaydigan) markazdan qochirma apparatlar asosiy o‘rin egallaydi. Markazdan qochirma separatorlar orasida davriy va uzluksiz harakatli markazdan qochirma bosimsiz separatorlar keng qo‘llanishga ega. Ular, asosan, oltin qazib olish uchun ishlatiladi. Bu separatorlarda materialni yumshatish uchun qo‘shimcha suv berish bilan yuqori jadallikdagi markazdan qochirma maydon hosil bo‘ladi.
Sentrifugalash qoidasi asosida ishlovchi barcha turdagi markazdan qochirma separatorlarda ichidan taram-taram rezina bilan futerlangan, murakkab shaklning yarim shar ko‘rinishidagi kosa ishchi organ bo‘lib hisoblanadi. Boshlang‘ich material aylanuvchi kosaning markaziy qismiga beriladi. Og‘ir zarralar markazdan qochirma kuch harakati ostida konus sirtiga uloqtiriladi va rifga tushadi, u yerdan mavhum qaynash (soxta qaynash) ta’sirini hosil qilish uchun bosim ostida suv beriladi.
Falkon (Falcon) markazdan qochirma konsentratorlarining Nelson konsentratorlaridan farqi shundaki, ularda tutib qoluvchi halqalar (riflar) ancha kam, ular chuqurligi esa katta.
Kosaning aylanish tezligi ancha kuchli, shuning uchun markazdan qochirma tezlashish 300g.ga yetadi. 2-rasmda keltirilgan konsentratorlar, sxema va kesim rudalardan va sochilmalardan, oltin tarkibli, qalay va boshqa konsentratlarni me’yoriga yetkazishdagi texnogen mineral xom ashyodan yupqa erkin oltinni ajratib olish uchun qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda Falkon markazdan qochirma konsentratorlarning uchta turi qo‘llaniladi:
S – ta’minlash (oziqlanish) berishni tugatmasdan doimiy yuksizlantirishli separatorlar,
V – ichi bo‘sh (kavak) val orqali davriy yuksizlantirishli separatorlar va
SB – chiqarish klapanlari orqali konsentratni yuksizlantirishli davriy harakatli separatorlar.

Davriy yuksizlantirishli konsentratorlarda aylanadigan rotorning yuqori qismida joylashgan yuvish zonasi mavjud. Rotor kosasi aylanishida og‘ir zarralar kosaning silliq devori bo‘ylab ko‘tariladi va kosaning yuqori qismidagi rifellarda ushlanib qoladi. Rifellarga kirgan suv zarralarga “to‘shak” ichida ko‘chib yurish va rifellarda ushlanib qolish imkonini beradi. Markazdan qochirma tezlashishning yuqori qiymatida 10 hattoki 5 mkm yiriklikdagi og‘ir zarralar ajratib olinadi. Rifellarda konsentrat qavati to‘planishida ta’minlashni (oziqlanishni) berish avtomatik tarzda 30 sekundga to‘xtaydi, kosaning aylanishi sekinlashadi, o‘rnatilgan forsunkalardagi suv esa tarnovda konsentratni yuvadi. Bu konsentratorlar yuqori unumdorligi 390 t/s bilan, ishga solish oddiyligi, yuvish suvining kam sarfi bilan, bo‘tana (pulpa) 45% qattiqlikkacha zichligida ishlashi mumkinligi bilan ajralib turadi.


1-jadvalda Falkon markazdan qochirma konsentratorlarining asosiy namunaviy o‘lchamlarining texnik tavsifi.





Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling