Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat konchilik instituti «metallurgiya»


Ishlab chiqarish unumdorligini nazariy formulalar orqali aniqlash


Download 393.5 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1610097
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliyot (2)

Ishlab chiqarish unumdorligini nazariy formulalar orqali aniqlash. Ishlab chiqarish unumdorligi taxminan nazariy formulalar yordamida aniklanishi mumkin bo’lgan apparatlarga yuzli va konusli maydalagichlar, gidravlik klassifikatorlar, quyultirgichlar va tindirgichlar, gidroseparatorlar, gidrotsiklonlar, cho’ktiruvchi tsentrifugalar, tsiklonlar kiradi.
Yuqoridagi apparatlar 2 turga bo’linadi. Birinchi guruhga maydalangan mahsulotning xajmi va massasi nazariy aniklanishi mumkin bo’lgan maydalash mashinalari kiradi; ikkinchi guruhga esa qattiq jismning suvda va havoda og’irlik yoki inertsiya kuchi tahsirida harakatlanish nazariyasiga asoslangan klassifikatsiyalovchi mashinalar kiradi.
Ishlab chiqarish unumdorligini empirik formulalardan aniqlash giratsion, inertsion, panjarali elaklar, spiralli klassifikatorlar va boshka bahzi apparatlar uchun qo’llaniladi.
Empirik formulalar nazariy formulalarga o’xshab ishlab chiqarish unumdorligi qayta ishlanayotgan mahsulotning eng muhim va xossalari apparatning ishlash tartibiga bog’liqligini ko’rsatadi. Nazariy formulalardan farq qilib empirik formulalar shu formulalarning to’g’riligi (xaqligi) tajriba yo’li bilan aniklangan sharoitlarning orasida qo’llanilishi mumkin.
Ishlab chiqarish unumdorligini energiyaning solishtirma sarfi normalari bo’yicha aniqlash. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, qayta ishlanadigan mahsulotning xajmi yoki massa birligiga energiya solishtirma sarfining normasi belgilanadi.
Energiyaning solishtirma sarfi normalarini aniqlash uchun solishtirma yuk normalarini aniqlashdagi usullar qo’llaniladi, yahni asos uchun etalon mahsulot energiyasining solishtirma sarfini, etalon va tekshirilayotgan material energiya sarfini taqqoslash orqali belgilanadigan energiya sarfini nisbiy koeffitsientiga ko’paytmasiga teng.
Ishlab chiqarish unumdorligini qayta ishlanuvchi mahsulotning apparatda bo’lish vaqtiga qarab aniqlash. Bahzi jarayonlarning muvaffakiyatli ketishi uchun mahsulotni qayta ishlashning aniq vaqti talab qilinadi. Bu guruhdagi apparatlarning foydali xajmi vakt birligida talab qilinadigan xajmiy ishlab chiqarish unumdorligini kerakli qayta ishlash vaqtiga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Alohida operatsiyalar uchun qayta ishlash vaqti tadqiqot ishlari natijalari asosida belgilanadi.

Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling