Devoni foniy poetikasi


Download 73.55 Kb.
bet16/18
Sana01.04.2023
Hajmi73.55 Kb.
#1316007
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-10 navoiy

MUQADDIMA


Yuz hamd angakim yasab jahon bo‘stoni,
Aylab yuzu zulfidin gulu rayhoni.
Qildi yasag‘och bu bog‘i ruhafzoni
Nazm ahlin aning bulbuli hush ilhoni.
Va durudi noma’dud ul xulosai ma’dum va mavjudg‘akim (1):
To taxti fasohat avjida topti nishast,
Ham nazmki etti zumrai tab’parast,
Ham nozimining poyasiga berdi shikast,
Ham nazmini qildi qaro tufroqqa past.
Xurdabinlar xizmatida va xiradoyinlar hazratida ma’ruz ulkim, nazm kalomi rutbasi rif’atig‘a ushbu dalil basdurkim, aning muqobilasidakim, arab fusahosi balog‘at zevarlari bila namoyishliq va fasohat gavharlari bila oroyishliq nazm ra’nolarig‘a jilva berurlar erdi va da’vo ko‘si ovozasii falakka yetkururlar erdi. Hazrati maliki allomning (2) kalomi mu’jiz nizomi (3) Jabraili (4) hujasta farjom vositasi bila xayr-ul-anom alayhissalavotu vassallamg‘a (5) nozil bo‘ldi.
ARHOD VA SHIRIN DOSTONLARINING BOBLAR BO'YICHA TAVSIFI
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” deb atalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu «Xusrav va Shirin» shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo’lib, milodiy 590 yilda taxtga chiqib, 628 yilda o’z o’g’li Sheruyaning buyrug’i bilan o’ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki arman qizi Shiringa bo’lgan muhabbati ko’pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Xususan, Alisher Navoiyning o’zi ham “Tarixi muluki Ajam” asarining sosoniylar tarixiga bag’ishlangan qismida Xusrav Parvez haqida ma’lumot beradi. Badiiy adabiyotda Xusrav va Shirin muhabbati haqida birinchi bo’lib Firdavsiy o’zining «Shohnoma» dostonida yozib qoldiradi, Nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostoni 1340 yilda Qutb Xorazmiy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Alisher Navoiy bu mavzudagi dostoni uchun avvalgi dostonlarda ikkinchi darajali timsol tarzida talqin qilingan Farhodni bosh qahramon qilib oladi. Aslida Farhodning bosh qahramon qilib olinishi adabiyotda ilk bor XIV asrda Ozarbayjonda yashab faoliyat yuritgan Orif Ardabiliyning “Farhodnoma” (1369) nomli fors-tojik tilida yozilgan dostoni bilan boshlanadi. Lekin unda tasvirlangan voqealar Navoiy dostonidan butunlay farq qiladi. Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida bu mavzuda qalam tebratgan ijodkorlar sifatida Nizomiy, Dehlaviy, Ashraf Marog’iylarni eslab o’tar ekan, yana bir noma’lum ijodkorga ham ishora qilib o’tadi:
Yana bo’lg’on ekan bu noma marqum,
Vale roqim emastur yaxshi ma’lum.
Adabiyotshunoslikda ushbu noma’lum ijodkor aynan Orif Ardabiliy bo’lishi mumkin degan fikr mavjud. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o’z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd – Allohning maqtovi bilan boshlanadi. Dostonda ikkita hamd mavjud. Birinchi hamdda Alisher Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi bo’lgan g’oyaviy niyati haqida so’z yuritar ekan, birinchi misrani arabcha kalima bilan boshlaydi:
Bihamdik fath abvob ul maoniy,
Nasib et ko’ngluma fath o’lmak oni.
Ya’ni: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening maqtoving bilan va ko’nglumga ularni zabt etishni nasib qil. Keyingi baytlarda Navoiy ma’nolar xazinasi qulfiga qo’lining kalit bo’lishini, shu vosita bilan barcha umidlariga yetishishni tilaydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olam ahlini bahramand qilishni umid qiladi. Ikkinchi hamdda shoir yozishga kirishayotgani “Farhod va Shirin” dostonining umumiy talqini, undagi qahramonlarning muxtasar tavsifini beradi, “dard bog’i” deb ta’riflangan ishq bilan aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir Xoliq maqtoviga kirishar ekan, eng avvalo, u inson ko’nglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga aylantirganligini madh etadi:
Ki inson ko’nglin etti gulshani ishq,
Bu gulshanning harimin maxzani ishq.
A.Rustamovning “Navoiyning badiiy mahorati” kitobida yozilishicha, Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun tog’iga, aqlni Chin xoqonining vaziri Mulkoroga va donishmand Suqrotga, tunni Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning do’sti Shopurga, ajalni otasini o’ldirgan Parvezning o’g’li Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga o’xshatgan holda “shirin”, “tilism” so’zlarini, Besutun, Xusrav va uning ashulachisi Borbad nomlarini tilga olib, muqaddimani dostonning mundarijasiga uyg’unlashtirgan. Shu bilan birga bu o’xshatishlar zamirida shoir doston mundarijasida qahramon va timsollar faoliyati qaysi ko’lamda kechishi, ular dostonda qanday rol` o’ynashi bilan ham kitobxonni tanishtiradi.

HAYRAT UL ABROR DOSTONING BOBLAR BO'YICHA TASNIFI

Download 73.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling