Devonu lug‘otit turk


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1445621
  1   2   3
Bog'liq
m-koshg-ariyning-devonu-lug-otit-turk-asarida-keltirilgan-ba-zi-gastronomik-birliklar-haqida



M.KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA 
KELTIRILGAN BA’ZI GASTRONOMIK BIRLIKLAR HAQIDA 
 
Rasulova Nurxon Nuraliyevna 
khamzats1985@mail.ru 
O‘zbekiston milliy universiteti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada gastronomiyaga oid birliklar tarixiga nazar 
tashlangan. Bunda M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga diqqat 
qaratilgan. Sababi, “Devonu lug‘otit turk” da oziq – ovqatlar va taomlarning manbasi, 
taom turlari, oziq-ovaqat xomashyosining hozirlash jarayoni, taom tayyorlash va 
iste’mol qilishda keraklik oshxona qurollariga doir juda muhim ma’lumot o‘z 
ifodasini topgan.
Kalit so‘zlar: gastronomiya, M.Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otit turk”, oziq-ovqat, 
Qoraxoniylar sulolasi, marosim bilan bog‘liq taom, taom tayyorlashda ishlatiladigan 
narsa-predmet nomlari. 
 
ABOUT SOME GASTRONOMIC UNITS IN M. KOSHGARIY'S "DEVONU 
LUG'OTIT TURK" 
 
Rasulova Nurxon Nuraliyevna 
khamzats1985@mail.ru 
National University of Uzbekistan 
 
Abstract: Gastronomic units history is given in this article by means of focusing 
to the Devonu lug‘otit turk” work of M. Koshg‘ariy. Due to the fact that,a lot of 
information related to the resource of foods and meals, the types of meal, making 
process of food materials, cooking and kitchen utensils for consumption is expressed. 
Keywords: Gastronomy, M.Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otit turk”, food, 
Karakhanids dynasty, ceremonial meal, the names of the objects used in cooking 
 
Kirish. Gastronomiyaga oid so‘zlar o’zbek tili lug’aviy boyligining muhim 
qatlami hisoblanadi. U o’zbeklarning milliy fazilatlarini o’zida aks ettiradi. Shu 
o‘rinda “gastronomiya” atamasi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Gastronomiya 
madaniyat va oziq-ovqat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fan bo‘lib, u yuqori 
sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va ulardan tayyorlanadigan taomlarning umumiy 
nomini ham anglatadi . Inson jamiyatda yashar ekan shu jamiayatda qandaydir 
faoliyat bilan shug‘ullanadi. O‘z mehnati bilan jamiyatga moddiy va ma’naviy hissa 
qo‘shadi. Ana shu mehnatni amalga oshirish jarayonida insonga kuch kekak. 
Tabiiyki, insonlar bu kuchni oziq-ovqat mahsulotlaridan oladi. Shu ma’noda Abu Ali 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
157
http://oac.dsmi-qf.uz


ibn Sinoning “Ba’zilar ovqatlanish uchungina yashaydilar, men esa yashash uchun 
ovqatlanaman”, degan so‘zlari mutlaqo to‘g‘ri bo‘lib, insonning yashashdan maqsadi 
mehnat ekanligini ifodalaydi [1]. Gastronomiya muayyan mamlakatning madaniyati 
va oziq-ovqatlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish jarayonida taomlarning 
tayyorlanish jarayoni, paydo bo‘lish tarixini bilan ham qiziqadi.
Mahmud Qoshg‘ariyning umumjahon madaniyatiga qo‘shgan qimmatli tuhfasi 
“Devonu lug‘otit turk” asari tilshunoslikka doir o‘lmas asar bo‘lishi bilan bir vaqtda, 
tarix, etnografiya, folklorshunoslik, geografiya bo‘yicha o‘quvchilarga atroflicha 
ma’lumot beradigan mukammal qomusiy asar hisoblanadi. Asar taomlarning qadimiy 
nomlarini aniqlashda ham qimmatli manba hisoblanadi. Chunonchi, uyg‘ur olimi 
Xo‘ja Ahmad Yunus ta’kidlaganidek: “X asrdan XII asrgacha bo‘lgan oraliqda o‘tgan 
Qoraxoniylar sulolasining gullagan iqtisodiy va yuksak madaniy hayotini mahsuli 
bo‘lgan bu asar (turkiy xalqlarning) shu vaqtdagi va undan ilgarigi yeyish-ichish 
madaniyatini tadqiq qilishga asoslanadigan muhim manba sanaladi” [2]. “Devonu 
lug‘otit turk” da oziq – ovqatlar va taomlarning manbasi, taom turlari, oziq-ovaqat 
xomashyosining hozirlash jarayoni, taom tayyorlash va iste’mol qilishga keraklik 
oshxona qurollariga doir juda muhim ma’lumot o‘z ifodasini topgan. Mahmud 
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 
turkiy xalqlarning taomlari rang-barang bo‘lishi bilan birga ulardagi taomlarning 
umumiy, o‘xshash jihatlari mavjud bo‘lib, ular taomlar tayyorlanadigan 
mahsulotlardagina emas, balki taom tayyorlash usullarida ham o‘z ifodasini topgan. 
“Devonu lug‘otit turk” kitobida keltirilgan ma’lumotlar ajdodlarimizning turmush 
madaniyati, ayniqsa, X-XII asrlarda diyorimizda yashab o‘tgan ulug‘ allomalar 
yashagan davrni o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Shu sababdan mazkur asar 
bizni nafaqat Qoraxoniylar davri, balki undan keyingi paytlardagi Movarounnahr 
aholisining turmush tarzi bilan bog‘liq ijtimoiy-iqisodiy, axloqiy, diniy e’tiqod hamda 
urf-odatlar haqida ham muhim tushunchaga ega bo‘lishimizda katta yordam beradi. 
Shuningdek, “Devonu lug‘otit turk” asari turkiy tillarning fonetikasi, grammatikasi va 
leksikasiga oid noyob tadqiqotlari va xulosalari bilan ham qimmatlidir. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling