Devonu lug‘otit turk
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
m-koshg-ariyning-devonu-lug-otit-turk-asarida-keltirilgan-ba-zi-gastronomik-birliklar-haqida
Tahlil va natijalar
“Devonu lug‘otit turk”, birinchi navbatda, turkiy urug‘ va qabilalar tillarining xususiyatlarini, urf-odatlarini, lingvistik xususiyatlarni, tarixi va lug‘at boyligini o‘rganishga bag‘ishlangan asar. Shuning uchun ham asar mundarijasida qator lingvistik ma’lumotlarga keng o‘rin ajratilgan. Bular sirasiga tillararo fonetik farqlar, so‘z yasalishi, yozuv va boshqa qaydlarni kiritish mumkin. Asarning lug‘at qismida esa juda ko‘p jihatdan ahamiyatga molik bo‘lgan uning qomusiylik darajasini ta’minlagan materiallarga o‘rin berilgan. Ular turli xalqlarning tarixi, urf-odati, adabiyoti va boshqa sohalarini o‘rganishimizda ishonchli manba sifatida xarakterlanadi. Bu xususiyat taom nomlariga ham dahldordir. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020 ISSN 2181-063X 158 http://oac.dsmi-qf.uz Taom nomlari: a) kundalik turmushda odatiy tarzda tayyorlanadigan taom nomlari: Bγshkal [3] bu-hozirda tayyorlanadigan lochira. Lochira hozirgi o‘zbek tilida oshirilmagan xamirdan tandirga yopiladigan non; b) biror maxsus marosim bilan bog‘liq taom nomlari: Basan-o‘lik ko‘milgach yeyiladigan taom, Jug‘ [3] deb atalgan taom esa, vafot etgan odam uydan chiqarilgandan so‘ng taziyaga kelganlarga berilgan. Asarda faqat taomlar emas, balki taom tayyorlashda ishlatiladigan sabzavot va masalliq nomlari ham berilgan. Jumladan, Jamg‘ur-sholg‘om, jash-sabzavot, γz–yog‘, kuchg‘andi- piyoz kabi ovqat tayyorlashda foydalaniladigan masalliqlar nomlarini uchtarish mumkin. c) taom tayyorlashda ishlatiladigan narsa-predmet nomlari: Avran-temirchi o‘chog‘ining qo‘rasiga o‘xshatib qo‘yilgan yer tandir, ashich-buqach–qozon tovoq, jasg‘ach-uvra taxta [4] kabi narsa-pridmetlarda ajdodlarimiz taom tayyorlab, iste’mol qilishgan. d) taom tayyorlovchi kasb-koriga aloqador nomlar: Chalchi- oshpaz va hokazo. M.Koshg‘ariyning taomlar yuzasidan keltirgan ma’lumotlarida o‘troqlashgan turkiy xalqlarning an’anaviy taomlari ,asosan, dehqonchilik mahsulotlaridan, don mahsulotlari, sabzavot va mevalardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ko‘chmanchilik turmush tarzi bilan hayot kechiruvchi turkiy xalqlar taomlarida ko‘proq sut va go‘sht mahsulotlaridan foydalanganliklarini anglash mumkin bo‘ladi [5]. M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, muallif oziq- ovqatlarni quyidagicha tasniflaganiga guvoh bo‘lamiz: 1. Non mahsulotlari. M.Koshg‘ariyning yozishicha, turkey qabilalarning ayrimlarida non- “etmak” deyilib, yaxshi xamirdan qilingan non “kavshak” deb atalgan. M.Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida nonning pishirish usullariga qarab quyidagi nomlari keltirilgan: “Bushkal”, “Isbiri”, “Komuch”, “Qijma”, “Chuqmi” [4]. Bunday nonlar ta’mi, tayyorlash usuli, tarkibidagi masalliqlari bilan o‘zaro farqlangan. 2. Xamirli taomlar. X-XII asrlarda yashagan ajdodlarimiz ham xamirli taomlarni sevib iste’mol qilishgan. Ayniqsa, xamirli taomlar dardmand kishilarga quvvat berib, tezroq tuzalishi uchun ham tayyorlanilgan. Ajdodlarimizning kundalik turmush tarzida xamirli ovqatlarning ham o‘z o‘rni bo‘lganini asardagi “Umoch”, “Ugra”, “Tutmach”, “Manti” hamda “Lag‘mon” kabi taomlar haqida ma’lumotlarga duch kelganimizda bilib olishimiz mumkin. 3. Sut bilan bog‘liq mahsulotlar.Asarni o‘qish jarayonida turkiy xalqlar suzmani “Ikduk”, qaymoqni “Qajaq”, pishloqni “Uzitma”, hozirda yogurt nomi bilan ataladigan meva solib tayyorlangan suyuq qatiqni “Suyuq jogurt” deb nomlaganligini bilib olamiz. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020 ISSN 2181-063X 159 http://oac.dsmi-qf.uz 4. Guruch va don mahsulotlari bilan bog‘liq taomlar. M.Koshg‘ariy turkiy xalqlarning taomlari orasida guruch va don mahsulotlari qo‘shib tayyorlanadigan quyidagi taom nomlarini keltiradi: “Uva”, “Buxsi”, “Suruch”, “Korshak”, “Qavut”. 5. Go‘shtli taomlar. Turkiy xalqlarning aksariyati chorvachilik bilan shug‘ullanganligi uchun taomnomalardagi juda ko‘p taomlarga go‘sht ishlatilgan. “Sugut”, “Tobiq”, “Qazi jag”, “Sim-simraq” [3] asarda keltirilgan go‘shtli taomlarning nomlaridir. 6. Suyuq taomlar.”Bulduni”, “Oz”, “Mon”, “Lantu”, “Samduj” kabi sho‘rvalarni ajdodlarimiz tayyorlashgan. 7. Ichimliklar. M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida bo‘za,sharbat, qimiz kabi ichimliklarning nimadan olinishi, mazasi, ta’mi haqida qimmatli ma’lumotlar aytib o‘tilgan. Asarda bo‘zaning tariq o‘simligidamn olinishi, mast qilish xususiyati borligi ta’kidlangan. Turkiy xalqlarning bo‘za ichimligi haqida elshunos U.Abdullaev shunday yozadi: “Aholi tomonidan o‘tmishda qimizdan tashqari kishini mast qiluvchi ichimliklardan yana “bo‘za” va “musallas” ham tayyorlangan. Garchi ushbu ichimliklar aholi orasida keng iste’molda bo‘lmasa-da, har holda aholi ushbu ichimliklarni tayyorlash bilan shug‘ullanganlar. Bo‘za tariq va arpani achitish yo‘li bilan tayyorlangan. U ayniqsa yarimo‘troq va yarimko‘chmanchi o‘zbeklar orasida keng tarqalgan edi” [6]. Bir so‘z bilan aytganda, M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida oziq-ovqatlar va taomlarning tayyorlash jarayoni, taom turlari, taomlarni tayyorlash va iste’mol qilishda ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or buyumlariga doir juda muhim ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Xulosalar ▪ Gastronomiya muayyan mamlakatning madaniyati va oziq-ovqatlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish jarayonida taomlarning tayyorlanish jarayoni, paydo bo‘lish tarixini bilan ham qiziqadi. ▪ Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining ham milliy taomlari, ularning o‘ziga xos tayyolanish tarixi bor. ▪ M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari oziq-ovqatlar va taomlarning tayyorlash jarayoni, taom turlari, taomlarni tayyorlash va iste’mol qilishda ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or buyumlariga doir qadimiy va qimmatli ma’lumotlar beradigan asar hisoblanadi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling