Dialektik materiallizm (koevolyusiya) Geoekologiya tadqiqot metodlari


Download 4.75 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi4.75 Kb.
#1838305
Bog'liq
ODAMBOY GEOEKOLOGIYA

Reja

  • Dialektik materiallizm (koevolyusiya)

Geoekologiya tadqiqot metodlari
Geoekologik tadqiqotlarning metodologik asosi bo’lib dialektik materializm va undan kelib chiqadigan koevolyusiyani tan olish, ya‘ni inson va tabiatning o’zaro uyg’un rivojlanishini tan olish hisoblanadi.Geografik qobiq va undagi jarayonlar odam paydo bo’lmasidan oldin ham bo’lgan, odamlarning ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud. Shunday ekan, insoniyat Yer yuzida yashab qolishi uchun geografik qobiqdagi qonuniyatlarga, hodisa va jarayonlarning ro’y berishidagi qonunlarga moslashib faoliyat yuritishi lozim. Koevolyusion jarayonlar Yerdagi geoekologik vaziyatning zamonaviy xususiyatlarini belgilaydi
Metodologiya (yunoncha metod+logos) – mantiqiy tashkil etish,metod va vositalar haqidagi ta‘limotdir. Metodologiya –metodlar To’g’risidagi ta‘limotdir. Metodologiya nazariy bilimlar va amaliy faoliyat prinsiplarini, usullarini o’rgatadi.
Metodologik asos - tadqiqotchi maqsad sari qiladigan harakatida uning uchun prinsip vazifasini bajaruvchi maqsad ko’rsatkichlari bilan shu harakat davomida amal qilinishi shart bo’lgan qonuniyatlar majmui.Har bir fan turli sohalar, dunyoning u yoki bu tomoninini o’rganar ekan, uning o’ziga xos tekshirish ob‘ekti mavjud.Shunga muvofiq har bir soha o’zining ob‘ektini o’rganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va uning yordamida o’sha sohani o’rganishni yaxshilaydi, takomillashtiradi.Geoekologik tadqiqotlarda kerakli ma‘lumotlarni olish uchun turli xil tadqiqot metodlaridan foydalaniladi.
Metod (yunoncha metodos – ta‘limot,nazariya, tadqiqot yo’li, bilish yo’li) – maqsadga eltadigan eng to’g’ri yo’l,ilmiy bilish va asoslash usullar tizimi, haqiqatni amaliy va nazariy aniqlashda qo’llaniladigan usul va tadbirlar majmui, maqsad va vazifalarni yechishda qo’llaniladigan usullar tizimidir. Har bir metodning bilish imkoniyati ma‘lum chegaraga ega. Hech bir metod universal, har qanday ob‘ekt yoki jarayonni o’rganish uchun to’la yaroqli hisoblanmaydi. Turli metodlar ob‘ektning u yoki bu xususiyatlarini, uning alohida jihatlari yoki qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Geoekologik tadqiqot metodlari uzviy tarixiy va mantiqiy aloqadordir va metodlarning o’ziga xos tizimini tashkil etadi. Tadqiqotchi qo’yilgan vazifaga qarab ushbu metodlardan bir yoki bir nechtasidan foydalanadi.
Usul – maqsadga yetishda muayyan to’siqni yengish uchun qo’llaniladigan chora-tadbir. Ya‘ni tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayon -larni tadqiq etishda, ularni ilmiy bilishda va haqiqatni aniqlashda qo’llaniladigan maqsadli tadbirdir.

Har qanday fan tarmog’ida qo’llaniladigan metod va usullarning soni, sifati va aniqligi mamlakatda ishlab chiqarishning va madaniyatning taraqqiyot darajasiga, ishlab chiqarishning va tadqiqotlarning texnikjihatdan qurollanishi kabilarga bog’liq.Geoekologik tadqiqot metodlarining yagona bir shaklga keltirilgan tasnifi mavjud emas.

Har qanday fan tarmog’ida qo’llaniladigan metod va usullarning soni, sifati va aniqligi mamlakatda ishlab chiqarishning va madaniyatning taraqqiyot darajasiga, ishlab chiqarishning va tadqiqotlarning texnikjihatdan qurollanishi kabilarga bog’liq.Geoekologik tadqiqot metodlarining yagona bir shaklga keltirilgan tasnifi mavjud emas.


Qo’llanilishiga ko’ra ushbu metodlarni 2 guruhga birlashtirish
mumkin.
Mantiqiy metodlar
Formallashtirlgan metodlar
Download 4.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling