Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari Dialektika qonunlari Dialektikaning muqobillari. Xulosa


Download 90.5 Kb.
bet9/12
Sana14.10.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1702078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari Dialektika qon

Dialektikaning muqobillari.Odatda rivojlanishning dialektikaga zid bo‘lgan yoki unga o‘xshamaydigan konsepsiyalari, bilish metodlari, dunyoni ma'naviy o‘zlashtirish usullari, ya'ni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga doir va metodologik mo‘ljallar nazarda tutiladi. Dialektikaning shunday muqobillaridan biri metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika metodlaridirKlassik dialektikaKlassik dialektikaning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‘tamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuliki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o‘zgarishi nuqtai nazaridan anglab yetiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday o‘zgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki o‘zgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish nazariyasi hisoblanadi. Dialektika rivojlanishning teran, to‘laqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U o‘zgarish holatida bo‘lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o‘z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o‘zgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o‘rgatadi. Ikkinchidan, dialektika ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi.Ikkinchidan, dialektika ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi.Ob'ektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o‘zaro aloqasi va rivojlanishi. U sub'ektdan, inson va insoniyatdan qat'iy nazar mavjuddir. Sub'ektiv dialektika – bu sub'ektning fikrlash dialektikasi va uning ob'ektiv dunyoni bilishi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektikaning o‘zaro nisbati qanday? Materialistik davr nuqtai nazaridan sub'ektiv dialektika ob'ektiv dialektikani aks ettiradi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi (ularning umumiy jihati mazmun – borliq rivojlanishining yagona dialektik qonuniyati). Biroq, shu bilan bir vaqtda, ular shaklan bir-biridan farq qiladi, chunki tafakkur, borliqning boshqa sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o‘z ichki mantiqiga ega. Ob'ektiv dialektika tafakkurda, sub'ektiv va ideal shakllarda aks etadi. Ob'ektiv va sub'ektiv dialektika-qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama-qarshilik ijtimoiy-tarixiy amaliyotda «yo‘qoladi». Hamonki sub'ektiv dialektika ob'ektiv dialektikani aks ettirar ekan, inson ob'ektiv dialektikani bilish va shunga muvofiq o‘zining izchil amaliy faoliyatini tashkil etish, bu faoliyat jarayonida ob'ektiv dunyoni va o‘zini o‘zi o‘zgartirishga qodir. Inson va jamiyat amaliyotida bilimlar in'ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi.
Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling