Dialektologik amaliyotning mazmuni


Download 20.96 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1082061
Bog'liq
DIALEKTOLOGIK AMALIYOTNING MAZMUNI


DIALEKTOLOGIK AMALIYOTNING MAZMUNI

Bilamizki, nazariy fikrlar amaliy jarayonlarda, xususan, malakaviy amaliyotlar davrida o‘z isbotini topadi.Shuning uchun o‘quv jarayonini nazariy bosqichi va amaliy bosqichi haqida gapirish o‘rinli holdir. Mana shu ikki jarayonni ta’lim olish jarayonida bilgan, ko‘rgan talabalar ertaga iste’dodli mutaxassislar darajasiga ko‘tarilishi shubhasizdir.
O‘tilayotgan fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotni tashkil etish mumkin o‘rinli bo‘ladi. Shu sababli bugungi kunda mustaqillik mafkurasining talablaridan kelib chiqqan holda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida ham nazariy, ham amaliy jarayonlarning uzviyligini ta’minlash dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.
Mazkur amaliyotga “2” hafta va “64”soat ajratilgan.

Amaliyotning maqsadi – ralabalarimiz ongiga o‘zbek shevalarining o‘ziga xos jihatlarini singdirish va sheva materiallarini amalda ko‘rish, his qilish va yozib olish.




Amaliyotning vazifalari:
1.Talabalarga sheva vakillari bilan suhbatlashish ko‘nikmasini berish.
2.Talabalarimiz sheva vakillarining nutqini yozib olib, transkripsiyada qayta yozish malakasini shakllantirish.
3.Har bir shevaning alohida xususiyatlari borligi amalda tushuntirish, singdirish.
4.Har bir shevaning fonetik xususiyatlarini sheva materiallari asosida asoslash.
5.Har bir shevaning leksik xususiyatlarini sheva materiallari asosida ko‘rsatish.
6.Har bir shevaning so‘z yasalishi xususiyatlarini sheva materiallari asosida dalillash.
7.Har bir shevaning morfologik xususiyatlarini sheva materiallari asosida asoslash.
8.Har bir shevaning sintaktik xususiyatlarini sheva materiallari asosida dalillash.
9.Sheva vakillari nutqida qo‘llangan ko‘p so‘zlarning adabiy tilda qo‘llanmasligini sheva so‘zliklari (dialektizmlar) asosida bayon etish.
10.Bir shevani ikkinchi bir sheva bilan qiyoslab o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lish.
11.Shevalar milliy tilimizning asosi ekanligini talabalarimiz tushunishi hamda ular ko‘nglidagi shevalarimizga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish .
Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling